Germaniyada poyezdlar töqnaşib, köprikdan quladi. Qurbon bor
Bugun, 20 iyun kuni Germaniyaning Myunxen şahrida ikki yuk poyezdi töqnaşib ketişi oqibatida bir kişi halok böldi. Bu haqda “The Sun” naşri xabar berdi.
Dastlabki malumotlarga köra, töqnaşuv oqibatida poyezdning bir qismi köprikdan pastdagi avtomobil yöliga qulagan. Hodisa tufayli bir kişi oğir ahvolda şifoxonaga olib ketilgan va öşa yerda jon bergan. Qayd etilişiça, voqea joyidan olingan suratlarda vagonlar yölga ağdarilib tuşgani va atrofga turli bölaklar soçilib ketganini köriş mumkin.
Myunxen politsiyasining malum qilişiça, köprikdan qulagan vagonlar hodisa paytida böş bölgan. Politsiya, tez tibbiy yordam xodimlari va öt öçiruvçilar hodisa joyini xavfsiz holatga keltiriş işlarini amalga oşirgan.
Huquq-tartibot organlari malumotiga köra, mahalliy vaqt bilan soat 01:40 atrofida ikki yuk poyezdi Milbertşofen tumanidagi Şlayssxaymer ştrasse temiryöl köprigidan ötayotgan vaqtda manyovr işlarini bajarayotgan bölgan.
“Töqnaşuv sodir bölganidan keyin poyezdlardan biri Şlayssxaymer ştrasse tomon surilib ketgan va köprikdan qulab tuşgan”, deydi politsiya vakili.
Germaniya milliy temiryöl kompaniyasi (Deutsçe Bahn) vakilining aytişiça, hodisa sodir bölgan temiryöl liniyasi faqat yuk poyezdlari uçun möljallangan.
Qayd etilişiça, avariya sabablari hali aniqlanmagan. Hodisa yuzasidan rasmiy tergov boşlangan. Vagonlarni olib taşlaş va yölni tozalaş işlari davom etayotgani sababli Şlayssxaymer ştrasse yöli har ikki yönalişda ham vaqtinça yopilgan.
Eslatib ötamiz, keça, 19 iyun kuni keçqurun London şimolidagi Bedford şahri yaqinida ikkita yölovçi poyezdi töqnaşib ketişi oqibatida kamida bir kişi halok bölib, yana önlab odamlar jarohatlangan edi.