Londonda ikki yölovçi poyezdi töqnaşib ketdi. Qurbon bor
London şimolidagi Bedford şahri yaqinida keça, 19 iyun kuni keçqurun ikkita yölovçi poyezdi töqnaşib ketişi oqibatida kamida bir kişi halok böldi, yana önlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Rasmiylarning bildirişiça, hodisa mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:15 da Angliyaning markaziy-janubiy qismidagi Bedford şahri yaqinida sodir bölgan. Transport politsiyasi malumotiga köra, voqeadan söng politsiya va tibbiyot xodimlari iştirokida keng kölamli qutqaruv amaliyoti boşlangan.
Şarqiy Angliya tez yordam xizmati bayonotida aytilişiça, avariya joyida bir kişi halok bölgan. Yana 33 kişi oğir va 56 kişi esa yengil tan jarohatlari olgan.
Oradan köp ötmay elon qilingan yana bir bayonotda Britaniya temir yöl xodimlari kasaba uyuşmasi poyezdlardan birining maşinisti, avval kasaba uyuşmasi vakili bölib işlagan xodim halok bölganini malum qilgan.
“Bu xuddi bomba portlagandek, göyo portlaş içida qolgandek tuyuldi. Men orqadan kelib, oldindagi poyezdga urilgan poyezdning boş vagonida ketayotgan edim. Hozir ham yura olayotganim va nafas olayotganimga hayronman”, deydi hodisa iştirokçisi Piter Knapp.
Knappning sözlariga köra, töqnaşuvdan keyin vagon içi çangga tölib, örindiqlar esa har tomonga soçilib ketgan. U ayrim yölovçilarning yuzlari qonga belanganini körganini, kamida ikki kişining hayoti xavf ostida bölgan jarohatlar olganiga guvoh bölganini aytgan. Özi esa boldir qismidan qon ketganini, hodisadan keyin beli qattiq oğrib qolganligi sababli nogironlar aravaçasiga ötirişga majbur bölganini malum qilgan.
Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer töqnaşuv haqidagi xabarlar juda taşvişli ekanini bildirib, halok bölgan şaxsning oilasiga va jarohatlanganlarga hamdardlik izhor etgan.
Töqnaşgan poyezdlar Angliyaning eng gavjum temir yöl bekatlaridan biri bölgan London Sent-Pankras Interneşnl tomon yöl olgan bölgan. Britaniyaning temiryöl operatori “East Midlands Railway” malumotiga köra, ular öz yönalişlari böyiça taxminan bir soat farq bilan harakatlangan.
Temir yöl hodisalarini tekşiriş boşqarmasi vakillari esa töqnaşuv qanday yuz berganini aniqlaş uçun mutaxassislar guruhi voqea joyida dalillar töplayotganini malum qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Belgiya şimolidagi Flandriya hududida joylaşgan Buggenhaut şahri yaqinidagi temir yöl kesişmasida maktab mikroavtobusi poyezd bilan töqnaşib ketişi oqibatida tört kişi, jumladan, ikki nafar bola halok bölgandi.