Polşa Prezidenti Konstitutsiyaviy sud binosiga bostirib kirdi
Polşada Konstitutsiyaviy sud raisi va uning örinbosari lavozimidan çetlatilişi bilan boşlangan siyosiy inqiroz Prezident Karol Navrotsiyning sud binosiga kirib borişi ortidan yanada keskinlaşdi. Vaziyat aks etgan videoni Konstitutsiyaviy sud sudyasi Matsey Berek özining X’dagi sahifasiga joyladi.
Polşada sudyalarni tayinlaş bilan boğliq uzoq vaqtdan beri davom etayotgan siyosiy keskinliklar Konstitutsiyaviy sudning lavozimidan çetlatiş töğrisidagi qaroridan söng yangi darajaga kötarildi. Keça, 30 oktyabr kuni sud raisi Bogdan Şvençkovskiy va rais örinbosari Bartlomey Soxanskiy vaqtinça lavozimidan çetlatilganidan söng, Prezident Karol Navrotsiy Afrikaga amalga oşirayotgan taşrifini töxtatib, bugun, 31 oktyabrga ötar keçasi mamlakatga qaytgan.
Prezident saroyidagi muzokaralardan söng Navrotsiy Konstitutsiyaviy sud binosiga borgan. Söngra bino içiga kirişga harakat qilgan vaqtida uni sud raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi Anna Korvin-Piotrovskaya töxtatişga uringan.
Qisqa töqnaşuvdan keyin Prezident binoga kirgan. Öşa vaqtda u bilan birga Oliy sudning birinçi raisi Zbignev Kapinskiy hamda lavozimidan çetlatilgani elon qilingan Konstitutsiyaviy sud raisi örinbosari Bartlomey Soxanskiy ham bölgan.
“Bu – telefondan körsatma oladigan sudya. Sizlarda heç qanday huquqiy asos yöq. Sizlarda heç kimni lavozimidan çetlatiş yoki tayinlaş vakolati mavjud emas. Sizlar Konstitutsiyaviy sud sudyalari emassizlar”, degan Prezident.
Polşada nimalar bölyapti?
Keça, 30 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00 atrofida sudning rasmiy saytida Konstitutsiyaviy sud raisi Bogdan Şvençkovskiy va rais örinbosari Bartlomey Soxanskiy sud faoliyatiga tösqinlik qilgani sababli vaqtinça lavozimidan çetlatilgani elon qilindi. Qarordan söng Anna Korvin-Piotrovskaya sud boşqaruvini vaqtinça öz zimmasiga olganini malum qildi.
Biroq Svençkovskiy va Soxanskiy özlarini lavozimidan çetlatiş haqidagi qarorning huquqiy kuçini tan olmadi. Prezident Navrotsiy ham uşbu qarorga qarşi çiqdi. Oqibatda Konstitutsiyaviy sudni kim boşqarişi borasida tomonlar örtasida oçiq vakolatlar mojarosi yuzaga keldi.
Lavozimdan çetlatiş haqidagi qarordan keyin poytaxt Varşavadagi Konstitutsiyaviy sud binosi oldida norozilik namoyişlari boşlandi. Sud binosi oldiga köplab odamlar, jumladan, muxolifatdagi “Qonun va adolat” (PiS) partiyasi yetakçisi Yaroslav Kaçinskiy, sobiq boş vazir Mateuş Moravetskiy va Konstitutsiyaviy sudning sobiq raisi Yuliya Pşilebska yiğilgan.
Politsiya sud binosi atrofida keng kölamli xavfsizlik çoralarini körgan. Ayrim namoyişçilar tösiqlardan oşib ötib, politsiyaçilarga turli buyumlarni uloqtirgaç, vaziyat yanada keskinlaşgan. Politsiya voqealarga aralaşib, uç kişini qölga olgan.
AQŞning Varşavadagi elçisi Tom Rouz yuz berayotgan voqealardan xavotir bildirdi va tomonlarni vazminlikka çaqirdi. Rouz siyosiy kelişmovçilik zöravonlikka aylanmasligi kerakligini takidlab, AQŞ Polşaning barqarorligi, xavfsizligi va demokratik kelajagiga katta ahamiyat berişini bildirdi.
Konstitutsiyaviy sud atrofidagi voqealar diplomatik vakolatxonalarga ham tasir körsatgan. Polşaning Buxarestdagi elçisi Pavel Solox mamlakatda yuz berayotgan voqealarni sabab qilib körsatgan holda istefoga çiqqan. Pekindagi elçi Yakub Kumox ham sodir bölgan voqealardan keyin öz vazifasini davom ettiriş imkonsiz degan xulosaga kelganini bildirib, istefo arizasi va lavozimidan ozod etiş haqidagi iltimosini topşirganini elon qilgan.
Konstitutsiyaviy tribunal vitse-raisi Bartolomey Soxanskiy Polşada davlat töntarişiga uriniş bölgani elon qildi. Yevroparlamentning Polşadan saylangan deputati Yeva Zayonçkovskaya-Gernik Donald Tuskni mamlakat Boş vaziri lavozimidan istefoga çiqişga çaqirdi.
Jasmina Murtazoyeva