USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yaponiyada aholi yadroviy siyosatning qayta körib çiqilişiga qarşi boş kötardi

13 марта
Японияда аҳоли ядровий сиёсатнинг қайта кўриб чиқилишига қарши бош кўтарди

Keça, 30 oktyabr oqşomida 10 mingga yaqin Yaponiya fuqarolari Tokiodagi milliy parlament binosi oldida töplanib, Boş vazir Sanae Takaiçi hukumatining mamlakat yadroviy siyosatini qayta körib çiqiş va harbiy salohiyatni kengaytiriş rejalariga qarşi çiqdi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Qayd etilişiça, aktsiyaga hukumat vakillarining Yaponiya Özini-özi himoya qiliş kuçlari uçun atom suvosti kemalarini işlab çiqiş imkoniyati haqidagi bayonotlari sabab bölgan. Avvalroq, Mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi uşbu masalani muhokama qilişda heç qanday variantlar istisno etilmasligini takidlagan. Uşbu oyda Takaiçi ham parlamentda hukumat bunday imkoniyatni jiddiy ravişda körib çiqişini malum qilgan.

Bundan taşqari, Yaponiya OAVlarining xabar berişiça, hukumat yil oxirigaça rejalaştirilgan xavfsizlik sohasidagi uçta asosiy hujjatni yangilaş jarayonida mamlakatning uçta yadrosiz printsipi tarifini qayta körib çiqişi mumkin.

Aktsiya iştirokçilari harbiy salohiyatning kengaytirilişi Yaponiyaning qöşni davlatlar bilan munosabatlaridagi ziddiyatni kuçaytirişi mumkinligidan xavotir bildirgan.

Yosikava familiyali namoyişçilardan biri harbiy qudratni oşiriş özini-özi himoya qiliş ehtiyojlari çegarasidan çiqib ketganini takidlagan. Aktsiyaning boşqa bir iştirokçisi – Mitsuru Kurebayasi esa turmuş darajasi va isitiş xarajatlari ortib borayotgan bir paytda hukumat aholining iqtisodiy qiyinçiliklariga emas, balki harbiy masalalarga etibor qaratayotganini qayd etgan.

U, şuningdek, Yaponiyada yadroviy qurolni joylaştirişga ehtimoliy ruxsat berilişiga va mamlakat konstitutsiyasiga özgartirişlar kiritiş rejalariga qarşi çiqqan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: