USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Britaniya qullar savdosi uçun rasman uzr söraşi mumkin

15 марта
Британия қуллар савдоси учун расман узр сўраши мумкин

Buyuk Britaniya Boş vaziri Endryu Bernem London mamlakatning qullar savdosidagi roli uçun uzr söraşi mumkinligini bildirdi. Bu haqda uning “The Guardian” gazetasi uçun yozgan maqolasida söz boradi.

Qayd etilişiça, siyosatçi ertaga, 1 noyabr kuni Antiguada bölib ötadigan Hamdöstlik mamlakatlari yetakçilarining sammitida iştirok etadi. Şuningdek, joriy yilning 27 oktyabr kuni Buyuk Britaniya Qiroli Çarlz III Karib havzasi davlatlariga töqqiz kunlik taşrifini boşlagan. Uşbu taşrif fonida bazi siyosatçilar va jamoat arboblari uni qirollikning qullik savdosidagi roli uçun uzr söraşga çaqirgan. 

Bernem esa öz maqolasida Britaniya transatlantik qullar savdosidan jabr körganlar bilan konstruktiv muloqotni taklif qilayotganini yozgan.

“Uşbu jarayonning muhim qismi Britaniya davlati nomidan rasmiy uzr söraş haqidagi çaqiriqlarni körib çiqiş böladi va men buni istisno etmayman”, deydi Boş vazir.

Britaniya hukumati rahbari qullar savdosini şafqatsiz va vahşiyona jinoyat deb atagan hamda yetkazilgan azob-uqubatlar uçun afsusda ekanini bildirgan.

Şu bilan birga, Bernem reparatsiyalar tölanişiga qarşi çiqib, hozirgi britanlar boşqa davrda sodir etilgan tarixiy jinoyatlar uçun javobgar böla olişi dargumon ekanini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Karib havzasi va Afrika mamlakatlari Buyuk Britaniyadan qullik uçun tovon talab qilgani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: