USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Böğzigaça töydi”. Bernem tayinlovdan 2 hafta ötib tatilga çiqdi

41 марта
“Бўғзигача тўйди”. Бернэм тайинловдан 2 ҳафта ўтиб таътилга чиқди

Buyuk Britaniyaning yangi Boş vaziri Endi Bernem rasmiy tayinlovidan söng bor-yöği ikki hafta ötib tatilga çiqdi. Bu haqda “The Telegraph” xabar beradi.

Naşrning xabar berişiça, mamlakatning yangi Boş vaziri Endi Bernem lavozimga kirişganidan ikki hafta ötib tatil olgan. Mahalliy aholi orasida şunçaki Dauning-strit, 10 manzili bilan tanilgan uning qarorgohi matbuot xizmati u oilasi bilan vaqt ötkaziş uçun tanaffus olişini malum qilgan. Dauning-strit, 10 Bernem va uning oilasi qança vaqt yöq bölişi va qayerga jönab ketişini oşkor qilmagan.

“Hukumat odatdagidek işlaşda davom etmoqda, Boş vazir mulozimlar bilan aloqada bölib turibdi, uçraşuvlar ötkazmoqda va hukumat faoliyati haqida muntazam malumot olib turibdi”, deydi uning ofisi.

Naşr malumotlariga köra, Boş vazirning barvaqt tatili “Reformalar” partiyasi tomonidan tanqidga uçragan. Uni partiya raisi Li Anderson keskin tanqid qilgan.

“Bernemning allaqaçon joniga tegdi. Ikki hafta ötib, Endi Bernem böğzigaça töydi. Moliyaviy taminlanmagan bir qator majburiyatlardan voz keçib va mamlakatimizga 2000 dan ortiq noqonuniy migrantlar kirib kelişiga yöl qöyib, u çet elga hordiq çiqargani ketdi. Bu rahbarlikka jiddiy qaraydigan Boş vazir emas”, deydi Anderson.

Eslatib ötamiz, iyul oyida Leyboristlar partiyasi yetakçisi Endi Bernem rasman Buyuk Britaniya Boş vaziri bölgan edi. Bungaça 2024 yil iyulidan beri Buyuk Britaniya Boş vaziri lavozimini egallab kelgan Kir Starmer öz lavozimidagi faoliyatini yakunlaganini elon qildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: