Bernem ilk xorijiy mehmon sifatida qaysi prezidentni qabul qilişi oçiqlandi
Buyuk Britaniyaning yangi Boş vaziri Endi Bernem bugun, 27 iyul kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyni özining ilk xorijiy mehmoni sifatida qabul qiladi. Bu Londonning Ukrainaga qatiy qöllab-quvvatlovini yana bir bor namoyon etadi. Bu haqda Boş vazir matbuot xizmati xabar qildi.
Dauning-strit malumotiga köra, ikki davlat rahbari dengiz harbiy bazasida uçraşib, Buyuk Britaniya boşçiligidagi tayyorgarlik dasturlari Ukraina Qurolli kuçlarini mustahkamlaş va jang maydonida natija berişga qanday hissa qöşayotgani bilan tanişadi.
“Buyuk Britaniya Ukraina bilan yelkama-yelka turibdi va bizning qöllab-quvvatlovimiz özgarmaydi. Rossiya bizning qatiyatimizga şubha qilmasligi kerak va Ukraina uçun uzoq muddatli hamda adolatli tinçlikka erişmagunça ortga çekinmaymiz”, degan Bernem.
Taşrif davomida Bernem va Zelenskiy sönggi uç hafta davomida Britaniyada “Sea Breeze” maşğulotlarida iştirok etgan 200 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçi va dengizçilar bilan ham uçraşadi. Maşğulotlar Qora dengizdagi bölajak operatsiyalarga tayyorgarlik köriş maqsadida dengiz xavfsizligi va minaga qarşi harakatlarni öz içiga oladi.
Boş vazir matbuot xizmatining malum qilişiça, Rossiya 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlaganidan beri Buyuk Britaniyaning Ukrainaga körsatgan umumiy yordami 25 milliard funt sterlingga yetgan. Şundan 16 milliard funti harbiy, 5,6 milliard funti esa noharbiy yordamga töğri keladi.
Bernemning ötmişdoşi Kir Starmer şu oy boşida lavozimini tark etişidan bir neça kun oldin Kiyevga taşrif buyurib, Ukrainaga Şvetsiyada işlab çiqarilgan 16 ta Gripen qiruvçi samolyotidan iborat eskadrilyani jihozlaş uçun 300 million yevro ajratilişini vada qilgan edi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp va Buyuk Britaniyaning yangi Boş vaziri Endi Bernem ilk telefon muloqotini ötkazgan edi.