Italiya politsiyasi öğirlangan sanat asarlarini suniy intellekt yordamida topmoqda
Italiyada politsiya öğirlangan sanat asarlarini aniqlaş uçun suniy intellekt imkoniyatlaridan foydalanmoqda. Cwoads deb nomlangan tizim 2023 yil noyabridan beri 300 dan ortiq yirik kartina va haykal, şuningdek, 165 mingdan ziyod tanga, medal hamda qölyozmalarni qaytarişga yordam bergan. Qaytarilgan buyumlarning umumiy qiymati 203 million yevrodan oşadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Tizim sanat asarlarining rang va şakllarini özaro soliştiriş orqali ulardagi öxşaş jihatlarni topadi. Kartinadagi tasvirlarning ayrim qismlari özgartirilgan taqdirda ham, suniy intellekt asl asarni tanib olişi mumkin.
2024 yil oktyabr oyida Italiyaning Parma şahrida ötkazilgan qadimiy buyumlar yarmarkasida politsiya xodimlari namoyiş etilayotgan sanat asarlarini suratga olib, tizimga yuklagan. Suniy intellekt qölida örama bitik uşlab turgan yoş ayol tasvirlangan kartinada şubhali öxşaşlikni aniqlagan.
Tekşiruv davomida bu 2004 yilda Sulmona şahridagi çerkovdan öğirlangan XVII asrga oid kartina ekani malum bölgan. Unda Rimlik avliyo Agnes tasvirlangan bölib, jinoyatçilar asarni tanib bölmaydigan qiliş uçun uning ayrim qismlarini özgartirgan. Xususan, avliyoning qölidagi qöziçoq örniga bitik çizilgan, boşi ustidagi nurli halqa va palma novdasi olib taşlangan.
Biroq suniy intellekt öğirlangan sanat asarlarini mustaqil ravişda qaytarib bera olmaydi. U faqat öxşaşliklarni aniqlaşga yordam beradi. Asarlarni qonuniy egalariga qaytariş esa tergovçilarning faoliyati va huquq-tartibot organlari örtasidagi hamkorlikka boğliq.
Italiya 2027 yilgaça öğirlangan sanat asarlarini aniqlaş böyiça xalqaro tizim yaratişni rejalaştirmoqda.