USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyaliklarga yadroviy hujum haqida xabarlar yuborildi

150 марта
Россияликларга ядровий ҳужум ҳақида хабарлар юборилди

Ukraina va Rossiyada aholini favqulodda vaziyatlardan ogohlantiriş uçun möljallangan mobil ilovalarga xakerlik hujumi uyuştirildi. Oqibatda foydalanuvçilarga radiatsiya va kimyoviy xavf, şuningdek, Rossiya tomon uçirilgan yadro kallaklari haqidagi yolğon xabarlar yuborildi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.

Malum qilinişiça, keça, 1 noyabr kuni keçqurun Ukrainadagi “Povіtryana trivoga” (Havo trevogasi) rasmiy ilovasiga ruxsatsiz aralaşuv sodir bölgan. Foydalanuvçilarga radiatsiya va kimyoviy xavf mavjudligi, şuningdek, Kiyev köçalarida janglar boşlanişi mumkinligi haqida yolğon bildirişnomalar kelgan.

Ukraina Qurolli kuçlari Havo kuçlari dasturga “duşman tasiri” bölgan bölişi mumkinligini malum qilgan va mamlakatda radiatsiyaviy xavf yöqligini bildirgan. Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati esa umumdavlat ogohlantiriş tizimi odatdagi tartibda işlayotganini takidlagan.

Keyinçalik ilova işlab çiquvçilari ham unga ruxsatsiz kirilganini tasdiqlagan. Ular puş-bildirişnomalarni öçirib, xizmat faoliyatini vaqtinça töxtatgan va foydalanuvçilarni şubhali xabarlardagi havolalarga kirmaslikka çaqirgan.

Bugun, 2 noyabrga ötar keçasi ilova faoliyati bosqiçma-bosqiç tiklana boşlagan. Işlab çiquvçilarning bildirişiça, foydalanuvçilar yana havo trevogasi haqidagi xabarlarni qabul qila boşlagan, biroq ayrim funktsiyalar vaqtinça işlamagan. Şuningdek, kompaniya foydalanuvçilarning şaxsiy malumotlari ilovada saqlanmasligini malum qilgan.

Şunga öxşaş kiberhujum Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining mobil ilovasiga ham uyuştirilgan. Vazirlik malumotiga köra, xakerlar foydalanuvçilarga Rossiya tomon yadro kallaklari uçirilgani haqida yolğon bildirişnomalar yuborgan.

Bildirilişiça, hozirda Rossiya vazirligi mutaxassislari tizimdagi zaiflikni bartaraf etiş va ilovaning normal işlaşini tiklaş ustida işlamoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Quyi Novgorod viloyatidagi “Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez” neftni qayta işlaş zavodi dronlar hujumiga uçragani haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: