USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Köproq odamlarni ogohlantiriş mumkin”. FVV masjidlarga sirenalar örnatilişi sababini tuşuntirdi

49 марта
“Кўпроқ одамларни огоҳлантириш мумкин”. ФВВ масжидларга сиреналар ўрнатилиши сабабини тушунтирди

Özbekistondagi 7 ta viloyatda joylaşgan 272 ta masjidga aholini favqulodda vaziyatlardan erta ogohlantiriş uçun maxsus qurilmalar örnatildi. Ular orqali favqulodda vaziyatlarda aholiga tezkor xabarlar yetkaziladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga malum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning turli hududlaridagi masjidlarga sirenalar örnatilayotgani va ular sinovdan ötkazilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. FVV malumotiga köra, bu işlar vazirlik va BMT Taraqqiyot dasturining qöşma loyihasi doirasida amalga oşirilmoqda.

Malum qilinişiça, maxsus qurilmalar tabiiy xavflar yuqori bölgan Jizzax, Qaşqadaryo, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Toşkent va Farğona viloyatlaridagi masjidlarga örnatilgan. Ular orqali vazirlikning tezkor xabarlarini masjidlarning taşqi ovoz kuçaytirgiçlari yordamida keng jamoatçilikka yetkaziş mumkin.

FVV matbuot xizmatining tuşuntirişiça, masjidlar mahalliy aholi orasida katta tasirga ega bölgan ijtimoiy muassasalar hisoblanadi. Şu sababli ular orqali favqulodda vaziyatlar haqida köproq odamlarni ogohlantiriş mumkin. Şuningdek, masjidlarni qurişda binolarning zilzilabardoşligiga ham alohida etibor qaratiladi.

Qayd etilişiça, mazkur tizim orqali taxminan 6,5 million nafar aholini, jumladan, ayollar, erkaklar, bolalar va aholining zaif qatlamlarini favqulodda vaziyatlar haqida tezkor xabardor qiliş imkoniyati yaratiladi. Bundan taşqari, mobil aloqa yoki elektr taminotida uzilişlar yuz bergan taqdirda ham ogohlantiriş xabarlarini yetkaziş mumkin.

Şuningdek, FVV mamlakatning barça hududlarida favqulodda vaziyatlar xavfi haqida aholini tezkor ogohlantiriş tizimini yölga qöyiş ustida işlamoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: