Xorazmda favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş böyiça qömondonlik-ştab öquv maşqlari boşlandi
21-10-2025, 14:59
309 марта
Xorazmda favqulodda vaziyatlarda harakat qiliş böyiça qömondonlik-ştab öquv maşqlari boşlandiBugun Xorazm viloyatida “Özbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va bunday vaziyatlarda harakat qiliş davlat tizimining Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda Xorazm viloyati hududiy quyi tizimi boşqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş kuç va vositalarining aholini hamda hududlarni muhofaza qilişdagi harakatlari” mavzusida hamkorlikdagi qömondonlik-ştab öquv maşqi boşlandi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxöjayev, Xorazm viloyati hokimi – fuqaro muhofazasi boşliği Jörabek Raximov hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi Farxod Ermanov iştirok etdilar.
Uçraşuvda öquv maşqlarining asosiy maqsad va vazifalari, yani favqulodda holatlar sodir bölgan vaziyatda davlat tizimining tezkor harakat qiliş qobiliyatini oşiriş, idoralar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş va aholini himoya qiliş böyiça amaliy könikmalarni takomillaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Qömondonlik-ştab öquv maşğulotlari doirasida qator amaliy tadbirlar hamda maxsus-taktik maşqlar ötkazilişi belgilangan bölib, ular orqali hududiy tizimlar tayyorgarlik darajasi va favqulodda vaziyatlardagi harakat samaradorligi baholanadi.



