Ramazon oldidan xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqdami?
13-02-2026, 12:18
232 марта
Ramazon oldidan xavfsizlik çoralari kuçaytirilmoqdami?Yaqinlaşib kelayotgan muborak Rözai Ramazon oyi munosabati bilan Xorazm viloyati böylab taroveh namozlari öqiladigan masjidlarda keng kölamli profilaktik tadbirlar hamda maxsus-taktik öquv maşqlari izçil taşkil etilmoqda.
Xususan, Urganç şahridagi “Oxun bobo” jome masjidida hamkor taşkilotlar iştirokida maxsus-taktik öquv maşqi ötkazildi. Unda şartli ravişda yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarda tegişli xizmatlarning tezkor va muvofiqlaşgan harakatlari amaliy tarzda sinovdan ötkazildi.
Maşq davomida quyidagi jihatlarga etibor qaratildi:
- favqulodda vaziyatlarda harakatlar tartibi;
- tezkor evakuatsiya çoralari;
- yonğin xavfsizligi talablariga rioya etiş;
- xizmatlar örtasidagi hamkorlik va muvofiqlaştiriş masalalari.



Öquv maşqi yakunida xizmatlar örtasidagi hamkorlik yanada mustahkamlanib, ehtimoliy favqulodda holatlarning oldini oliş böyiça zarur tavsiyalar berildi.Malumki, Ramazon oyida masjidlardagi jamoat soni keskin ortadi. Şu bois bunday amaliy maşqlar fuqarolarning xavfsizligini taminlaş, ehtimoliy xatarlarni barvaqt bartaraf etiş hamda masul xizmatlarning şayligini oşirişda muhim ahamiyat kasb etadi.



