Koreya Prezidenti va rafiqasining şaxsiy malumotlari tarqaldi
Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myonning Yevropa safarida qatnaşgan 168 kişiga oid şaxsiy malumotlar pulli internet resurslardan biriga joylaştirildi. Oçiqlangan malumotlar orasida Prezident va uning rafiqasi Kim Xe Gyonning pasport malumotlari ham bor. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Internetga çiqarilgan faylda şaxslarning koreys va ingliz tillaridagi ism-şarifi, lavozimi, tuğilgan sanasi, pasport raqami va hujjatning amal qiliş muddati körsatilgan. Röyxatga Prezidentdan taşqari Prezident mamuriyati, Taşqi işlar vazirligi va qöriqlaş xizmati xodimlari, şuningdek, jurnalistlar ham kiritilgan.
Taxminlarga köra, fayl 2 iyun kuni, Li Çje Myonning Belgiya, Italiya va Frantsiyaga safari boşlanişidan taxminan bir hafta oldin joylaştirilgan.
Hodisa yuzasidan mamlakat Taşqi işlar vazirligi tekşiruv boşlagan. Asosiy etibor malumotlarning himoyalangan tizimlardan qanday qilib çiqib ketganini aniqlaşga qaratilgan. Jumladan, xodimlarning ehtimoliy xatti-harakatlari, malumotlarni saqlaş qoidalari buzilgani yoki taşqi aralaşuv bölgani örganilmoqda.
Vazirlik, şuningdek, Prezident safariga tayyorgarlik jarayonida foydalanilgan kompyuterlar va elektron poçta hisoblarini texnik tekşiruvdan ötkazmoqda. Bu orqali malumotlarning yana sizib çiqişiga yöl qöymaslik maqsad qilingan. Oçiqlangan malumotlarni saytdan olib taşlaş va ularning keyinçalik tarqalişini çeklaş çoralari ham körilgan.
Prezident mamuriyati pasport malumotlari oşkor bölganidan xabardor ekanini bildirgan. Hozirda Li Çje Myon, uning rafiqasi va malumotlari tarqalgan boşqa rasmiy şaxslar uçun yangi pasportlar rasmiylaştiriş çoralari körilmoqda.
KBS telekanali internetda mazkur malumotlarni aniqlab, prezident mamuriyatiga xabar bergan. Hozirça ularning boşqa manbalarda ham tarqalganini tasdiqlovçi dalillar yöq.