Eron AQŞ hujumlaridan keyin bayonot berdi
22-06-2025, 13:11
1 198 марта

Eron AQŞ hujumlaridan keyin bayonot berdi
Eron AQŞ hujumlaridan keyin ham yadroviy dastur rivojlanişni davom ettirişini aytmoqda.Eron Atom energiyasi taşkiloti AQŞning mamlakat yadroviy inşootlariga hujumi ortidan bayonot berdi.
“Duşman Amerika Atom energiyasi böyiça xalqaro agentlik doimiy nazoratida bölgan obektlarga qilingan hujum uçun masuliyatni kibermakon orqali öz zimmasiga oldi”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotda taşkilot xalqaro hamjamiyat AQŞning harakatlarini qoralab, Eronni qöllab-quvvatlaşiga umid bildirdi.
“Eron Atom energiyasi taşkiloti xalqni işontiradiki, duşmanlarining yovuz fitnalariga qaramay, minglab olim va mutaxassislarning say-harakatlari bilan bu milliy sanoatning rivojlanişini töxtatişga yöl qöymaydi”, — dedi Eron.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakat harbiylari Erondagi uçta yadroviy obekt — Fordo, Natanz va Isfahonga havo hujumi uyuştirganini aytdi