USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyalik siyosatçi Rossiya nega TDTga azo böla olmasligini aytdi

94 марта
Туркиялик сиёсатчи Россия нега ТДТга аъзо бўла олмаслигини айтди

Turkiya Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi örinbosari Körşod Zorlu Rossiyaning Turkiy davlatlar taşkilotida (TDT) kuzatuvçi maqomini olişi mumkinligi haqidagi taklifga munosabat bildirdi. U Rossiya taşkilotga na tölaqonli azo, na kuzatuvçi böla olişini aytdi. Bu haqda u “TRT Avaz”ga bergan intervyusida söz oçdi. 

Zorlu Rossiya Federatsiyasi tarkibida Tatariston, Boşqirdiston, Saxa (Yakutiya) va boşqa bir qator turkiy respublikalar borligini bildirdi. Şu sababli, Rossiya bilan madaniy muloqot olib borişni tabiiy holat deb baholanadi.

Şu bilan birga, u kuzatuvçi maqomini oliş uçun davlatlar turkiy tillardan birini davlat tili sifatida tan olgan bölişi kerakligini eslatgan. Bundan taşqari, mazkur til faqat ayrim hududlarda emas, balki mamlakatning butun hududida qöllanilişi lozim.

Partiya vakili 2015 yilda Rossiya hukumati Turkiy madaniyat xalqaro taşkiloti (TURKSOY) bilan hamkorlikni amalda töxtatganini ham eslatgan.

Öşa paytda Rossiya Madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy Oltoy, Boşqirdiston, Tatariston, Xakasiya, Tuva va Yakutiya rahbarlariga rasmiy telegrammalar yuborib, taşkilot bilan barça aloqalarni töxtatiş hamda uning tadbirlarida iştirok etmaslikni talab qilgan.

Bu voqea Turkiya harbiy-havo kuçlari Suriyada Rossiyaga tegişli Su-24 bombardimonçi samolyotini urib tuşirganidan keyin ikki davlat örtasidagi munosabatlar keskinlaşgan davrda yuz bergan. 

Zorlu Rossiyani uşbu vaziyatni qayta körib çiqişga va madaniy hamkorlikni qayta tiklaşga çaqirdi.

Siyosatçi TDTga nafaqat Rossiya, balki boşqa davlatlar ham qiziqiş bildirayotganini qayd etdi. Uning aytişiça, til talablariga javob bermaydigan mamlakatlar uçun muqobil hamkorlik şakli – TDT+ formati mavjud. Uşbu format uçinçi davlatlar bilan özaro manfaatlar asosida hamkorlikni rivojlantiriş imkonini beradi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 30 oktyabr kuni Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida Qozoğiston Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Rossiya bilan aloqalarni kengaytiriş tarafdori ekanini bildirgandi va nima uçun uning birlaşmadagi iştiroki barça mamlakatlar uçun foydali bölişi mumkinligini aytganligi haqida xabar berilgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: