Ukraina Adigeyadagi Ozon logistika markaziga zarba berdi
Ukraina keça, 4 noyabr kuni Rossiyaning Adigeya Respublikasidagi Ozon internet-dökoniga tegişli logistika markaziga zarba berdi. Hujum Adigeysk şahrida sodir böldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Adigeya Respublikasi rahbari Murat Kumpilov yonğinni öçiriş uçun voqea joyiga öt öçiruvçilar yuborilganini malum qilgan. Şuningdek, dron qoldiqlari yaqin atrofdagi ikkita qişloqqa tuşib, zarar yetkazgan. Hodisa oqibatida heç kim jabrlanmagan.
Ozon kompaniyasi hujum vaqtida logistika markazidagi barça xodimlar evakuatsiya qilinganini, qurbonlar haqida malumot yöqligini bildirgan. Malum qilinişiça, kompaniya boşqa markazlar orqali yetkazib beriş imkoni bölmagan buyurtmalarni bekor qiladi. Şuningdek, hujumga uçragan markazda sotuvçilardan mahsulotlarni qabul qiliş vaqtinça töxtatilgan.
Bu Ozon’ning Adigeyskdagi logistika markaziga ikkinçi hujum böldi. Ukraina iyul oyidan buyon Rossiyaning Ozon va uning raqobatçisi Wildberries kompaniyalariga tegişli önlab yirik omborlariga zarba berib kelmoqda.
Ozon ötgan hafta elon qilgan moliyaviy hisobotida dron hujumlari oqibatida 11 ta obektida jami 30,1 milliard rubl (367 million dollar) zarar körişi kutilayotganini bildirgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 24 oktyabr kuni Ukraina Rossiyaning 2500 kilometr içkarisida joylaşgan Ozon omboriga zarba bergandi.