Ozon yana nişonda: Ukraina bu safar Rostovdagi omborni bombaladi
Bugun, 29 avgustga ötar keçasi Rostov viloyatida Ukraina dronlari hujumi oqibatida Ozon’ning logistika markazlaridan birida yonğin çiqdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ozon logistika kompaniyasi malumotiga köra, yonğin kiçik bölgan va tezda öçirilgan. Markaz faoliyati favqulodda xizmatlar hududni közdan keçirişi uçun vaqtinça töxtatilgan. Sotuvçilardan yetkazib berişlarni qabul qiliş ham töxtatilgan, yölda bölgan yuklar esa boşqa obektlarga yönaltirilmoqda.
Şuningdek, Rostov viloyatidagi Ozon’ning ikkinçi logistika markazi ham xavfsizlik nuqtai nazaridan vaqtinça yopilgan. Uşbu obekt zarar körmagan, jabrlanganlar ham yöq. Sotuvçilarga yetkazib beriş va FBS-jönatmalarini keyingi kunga köçiriş yoki ularni buyurtmalarni qabul qiliş va topşiriş punktlari orqali yuboriş taklif qilingan.
Bundan taşqari, Rostov viloyatidagi hujum oqibatida jami yetti kişi jabrlangan. Rostov-Donda tört kişi, jumladan, ikki bola şifoxonaga yotqizilgan. Bolalardan birining ahvoli oğir. Yana uç kişi Aksay tumanida tibbiy yordam söragan.
Rostov-Donning Proletar tumanida dronlar bölaklari tuşişi oqibatida ikki köp qavatli uy zarar körgan. Aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Aksay tumanida esa dron bölaklari omborlar hududidan topilgan, şuningdek, örmonzorda yonğin çiqqan. Bagayevskiy tumanida xususiy uylarning oynalari zarar körgan. U yerda jabrlanganlar yöq.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning Orenburg va Ufa şaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika obektlari Ukraina dronlari hujumiga uçragan edi.