USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ukrainaning navbatdagi “sevimli nişoni” Ozon yana dronlar hujumiga uçradi

98 марта
Украинанинг навбатдаги “севимли нишони” Ozon яна дронлар ҳужумига учради

Rossiyaning Orenburg va Ufa şaharlaridagi Ozon kompaniyasining logistika obektlari bugun, 27 avgustga ötar keçasi Ukraina dronlari hujumiga uçradi. Bu haqda kompaniya özining Telegram-kanalida malum qildi.

Kompaniya malumotlariga köra, hodisa oqibatida xodimlar evakuatsiya qilingan, dastlabki malumotlarga köra, jabrlanganlar yöq.

Qayd etilişiça, hujum oqibatida obektlarda yonğin yuzaga kelmagan. Orenburgdagi logistika obekti faoliyatini qayta tiklagan.

Ufadagi logistika majmuasi esa kiçik zarar körgan. Hududni töliq tekşiriş zarurati sababli obekt vaqtinça yopilgan. Hozirça Ufa şahrida sotuvçilardan kelayotgan jönatmalar qabul qilinmayapti, yölda bölgan yuklar esa boşqa logistika obektlariga yönaltirilmoqda.

“Ufadagi yetkazib berişlarni hozirça qabul qilmaymiz, yölda bölganlarini boşqa obektlarga yönaltiramiz. Mijozlar odatdagidek buyurtma berişlari mumkin”, deyiladi kompaniya xabarida.

Şuningdek, 27 avgustga ötar keçasi Orenburg viloyatida dron va raketa xavfi elon qilingan. Orenburg va Ufa aeroportlarida samolyotlarni qabul qiliş va jönatişga vaqtinça çeklovlar joriy etilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining malumotlariga köra, tun davomida mamlakat hududlari ustida 267 ta Ukraina droni havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan urib tuşirilgan yoki tutib qolingan.

Eslatib ötamiz, keça, 26 avgust tongida Rossiyaning Tambov viloyatidagi Kotovsk şahridagi Wildberries logistika markazi Ukraina dronlari hujumi oqibatida yonib ketgan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: