“Hukumatni maqtamang”. Japarov öziga bağişlangan şerni öqişga ruxsat bermadi
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Çuy viloyatida aholi bilan uçraşuv vaqtida uning şarafiga şer öqimoqçi bölgan ayolni töxtatdi. U bunday çiqişlar odamlar Prezidentni maqtaş uçun maxsus yiğilgan degan taassurot uyğotişini aytdi. Bu haqda “AKIpress” xabar berdi.
Malum qilinişiça, keça, 6 noyabr kuni Sokuluk tumani aholisi bilan uçraşuvda mahalliy ayollardan biri dastlab öz murojaatini bildirgan, söng Prezidentga bağişlangan şerni öqimoqçi ekanini aytgan. Biroq Japarov undan şerni öqimaslikni söragan.
“Hukumatni maqtamang. Bu bilan siz meni ham, özingizni ham noqulay ahvolga solasiz. Keyin meni maqtaydigan “navbatçi” fuqarolarni yiğibdi, deb gapirişadi”, degan Prezident.
Japarov aholining uning şaniga maqtovlar aytişi uçun maxsus taklif qilingan, degan taassurot paydo bölişini istamasligini bildirib, şerni tinglaşdan boş tortgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov hukumatga bir oy muddatda energetik içimliklar işlab çiqariş va ularni mamlakatga olib kirişni taqiqlaş masalasini körib çiqişni topşirgani haqida xabar berilgan edi.