USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Japarov prezidentlik saylovida yana nomzodini qöyişini aytdi

100 марта
Жапаров президентлик сайловида яна номзодини қўйишини айтди

Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov navbatdagi prezidentlik saylovida iştirok etib, ikkinçi muddatga saylaniş uçun nomzodini qöyiş niyati borligini bildirdi. U bu haqda jurnalist Ali Toktakunovga bergan intervyusida malum qildi.

“Men yana bir muddatga nomzodimni qöyiş va işimni davom ettiriş niyatidaman. Saylovda iştirok etişni istaganlar nomzodini qöysin. Heç kimni çeklamaymiz”, degan Sadir Japarov.

Malumot uçun, Qirğizistonda navbatdagi prezidentlik saylovi 2027 yil 27 yanvar kuni ötkazilişi kerak.

Amaldagi mamlakat rahbari Sadir Japarov 2021 yil 10 yanvar kuni bölib ötgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovida 79,2 foiz ovoz bilan ğolib çiqqan. U 2021 yil 28 yanvar kuni prezident lavozimiga kirişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevni 2027 yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorlamoqçi bölganini malum qilgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: