Taşiyevni prezident qilmoqçi edim – Japarov
Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov Milliy xavfsizlik davlat qömitasining sobiq rahbari Qamçibek Taşiyevni 2027 yilgi prezidentlik saylovlariga tayyorlamoqçi bölganini malum qildi. Bu haqda Japarov jurnalist Ali Toktakunovga bergan intervyusida söz oçdi.
Prezidentning aytişiça, u 2027 yilgi saylovlarda özining nomzodini qöymaslikni va Taşiyev prezidentlikka davogarlik qilişi uçun şaroit yaratişni rejalaştirgan.
“Mening şaxsiy rejam 6 yil işlab, 2027 yilda saylovda qatnaşmaslik edi. Agar Qamçi öşa vaqtga kelib tayyor bölsa, yaxşi işlasa va tajriba orttirsa, uning saylovda qatnaşişini istagandim. Özim qatnaşmay, Qamçini prezident qilmoqçi edim va dam olişga ketmoqçi edim”, degan Japarov.
Uning takidlaşiça, Japarov bu haqdagi fikrini Taşiyevga taxminan 2 yil avval aytgan.
Şu bilan birga, Qirğiziston rahbari Taşiyevning asosiy kamçiligi yaqinlari va atrofidagi odamlar faoliyatini nazorat qila olmaganida bölganini qayd etgan.
“U 5 yil yaxşi işladi. Biroq bitta kamçiligi bor edi: yaqinlari, sinfdoşlari, kursdoşlari va atrofidagi odamlarni nazorat qila olmadi. Aynan şuning uçun lavozimidan ketdi”, degan Japarov.
Prezidentning sözlariga köra, Qamçibek Taşiyev lavozimidan ketganidan keyin ayrim holatlar yuzaga çiqqan va siyosatçining özi ham xatoga yöl qöyganini tan olgan. Şuningdek, Japarov hozirda Taşiyevni davlat xizmatiga qaytariş rejalari yöqligini ham bildirgan.
“Biz döst bölib qolamiz, lekin uni davlat xizmatiga qaytariş niyatim yöq. Hozir u dam olişi kerak”, degan Qirğiziston Prezidenti.
Şu bilan birga, Japarov Taşiyev bilan prezidentlik lavozimini navbatma-navbat egallaş böyiça heç qanday kelişuv bölmaganini takidlagan.
“Avval sen prezident bölasan, keyin men bölaman, degan kelişuv bölmagan”, deya qöşimça qilgan u.
Eslatib ötamiz, iyul oyi boşida Bişkekning Birinçi may tuman sudi mazkur iş böyiça hukm çiqargan edi. Sud Qamçibek Taşiyev, Qurmanqul Zuluşev, Nurlanbek Turğunbek öğli hamda murojaatni imzolagan yana beş nafar şaxsni hokimiyatni zörlik bilan egallaşga tayyorgarlik körişda aybdor deb topgan.
Ularning har biriga 4 yil ozodlikdan mahrum etiş va mol-mulkni musodara qiliş jazosi tayinlangan. Biroq sud uşbu jazoni 3 yillik probatsiya nazorati bilan almaştirgan.
Taşiyev istefosi
Joriy yilning 10 fevral kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi – Boş vazir örinbosari Qamçibek Taşiyev Prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. U öz qarorini “jamiyatda bölinişga yöl qöymaslik” istagi bilan izohladi. Qamçibek Taşiyevning özi bu haqda Germaniyada yurak operatsiyasidan söng rejali tekşiruvda bölganida xabar topganini malum qildi.
Taşiyev ortidan uning birinçi örinbosari Qurbonbek Avazov, kiberxavfsizlik markazi direktori Daniel Risaliyev va Antiterror markazi direktori Elizar Smanov işdan olindi. Abdukarim Alimboyev Milliy xavfsizlik davlat qömitasi (MXDQ) raisining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etilib, Davlat çegara xizmati raisi etib tayinlandi. Uning örnini Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimida işlab kelayotgan Rustam Mamasadiqov egalladi.
2020 yildan buyon Milliy xavfsizlik davlat qömitasining 9-xizmati boşliği va rais örinbosari lavozimida işlab kelgan Jumgalbek Şabdanbekov Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib tayinlandi.
Şuningdek, şu kunning özida Çegara xizmati davlat qömitasi tarkibidan çiqarildi.
Japarov va Taşiyev tandemi
Malumot uçun, Qamçibek Taşiyev 2020 yil 16 oktyabr kuni Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasi raisi etib tayinlangan edi. Farmonni 2020 yil 5–6 oktyabr voqealaridan söng prezident vazifasini bajaruvçi sifatida Sadir Japarov imzolagan.
Qamçibek Taşiyev va amaldagi Prezident Sadir Japarov örtasidagi köp yillik munosabatlar mamlakatdagi eng barqaror va tasirli siyosiy ittifoqlardan biri sifatida baholanib kelgan. Ularning hamkorligi hokimiyat tepasiga kelişidan ança oldin boşlangan: 2010 yillar boşida ular bir neça bor siyosiy jarayonlarda bir tomonda bölgan, 2012 yildagi umumiy jinoiy epizodni ham birga boşdan keçirgan, bu esa ularning şaxsiy yaqinligini yanada mustahkamlagan.
2020 yil oktyabr voqealaridan söng tandem yakuniy şaklga keldi: Sadir Japarov Prezident lavozimini egalladi, Qamçibek Taşiyev esa MXQ rahbari etib tayinlanib, kuç blokining asosiy tayançiga aylandi. Aynan u eng şov-şuvli işlarni nazorat qilgan, kuç siyosatini şakllantirgan va amalda Prezident jamoasining eng yaqin işonçli şaxslaridan biri bölib kelgan.
Ekspertlar orasida ularning ittifoqi köpinça mamlakatdagi eng mustahkam siyosiy duet deb atalardi, Qamçibek Taşiyev atrofidagi har qanday kadr özgarişlari esa hokimiyat konfiguratsiyasidagi jiddiy özgarişlar belgisi sifatida qabul qilinar edi.
Sönggi paytlarda siyosiy doiralarda maxsus xizmat rahbarining bölajak Prezident saylovlarida iştirok etişi mumkinligi haqida miş-mişlar tarqalgan edi. Qamçibek Taşiyev esa bir neça bor prezidentlik poygasida qatnaşmoqçi emasligini va Sadir Japarovni qöllab-quvvatlaşini malum qilgan.