AQŞ Eronning yadro dasturiga oid malumot uçun $20 mln mukofot elon qildi
AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi (CENTCOM) Eronning yadroviy dasturi haqida malumot taqdim etganlik uçun 20 million dollargaça miqdorda mukofot berilişini, şuningdek boşqa joyga köçib ötişda yordam körsatiş imkoniyatini elon qildi. Bu haqda CENTCOM’ning X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida xabar berildi.
Xabarga köra, “Adolatga kömaklaşiş uçun mukofot” dasturi doirasida Eronning yadroviy dasturi böyiça malumotlarga ega bölgan şaxslar pul mukofoti yoki köçiş uçun yordam evaziga uşbu axborotni bölişişlari mumkin.
Qömondonlik malumotlariga köra, gap Eron yadroviy dasturi bilan boğliq obektlar, uskunalar va xodimlar haqidagi axborot haqida bormoqda.
“Bunday malumotlarni taqdim etganlik uçun 20 million dollargaça miqdorda mukofot, şuningdek köçib ötişda kömaklaşiş imkoniyati nazarda tutilgan”, deyiladi xabarda.
CENTCOM, şuningdek, tegişli malumotlarni yuboriş mumkin bölgan “Adolatga kömaklaşiş uçun mukofot” dasturining rasmiy veb-saytiga havolani ham elon qilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ rasmiylari rossiyalik xakerlar haqida malumot berganlik uçun 10 million dollar miqdorida mukofot elon qilgandi.