Zelenskiy va Kliçko Kiyevdagi energetika inqirozida bir-birini aybladi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Kiyev meri Vitaliy Kliçko örtasidagi ziddiyat yanada keskinlaşdi. Zelenskiy Kiyev hokimiyatini Rossiyaning energetika infratuzilmasiga bergan zarbalariga yetarliça tayyorgarlik körmaganlikda aybladi. Kliçko esa davlat rahbariga javob qaytarib, uni “manipulyatsiya” va “yolğonçilik”da aybladi. Ular bu haqdagi bayonotlarini özlarining Telegram-kanallarida elon qildi.
Siyosatçilar örtasidagi yangi kelişmovçilikka Rossiya hujumlaridan keyin Kiyevda elektr energiyasi, suv va isitiş taminotida yuzaga kelgan keng kölamli uzilişlar sabab böldi. Zelenskiyning aytişiça, ayniqsa, Kiyevdagi vaziyat oğirlaşgan. U şahar hokimiyati isitiş mavsumiga tayyorgarlik köriş böyiça zarur qarorlarni bajarmaganini takidladi.
Kliçko Prezidentning etirozlarini rad etdi. Uning aytişiça, Zelenskiy tilga olgan yiğilişlarga şahar mamuriyati vakillari taklif qilinmagan. Bundan taşqari, Kiyev meri markaziy hokimiyat favqulodda vaziyat yuzaga kelgan taqdirda poytaxtda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar rejasini kelişişni keçiktirayotganini bildirgan.
Kliçko, şuningdek, Zelenskiy energetika taminoti bilan boğliq haqiqiy vaziyatni qançalik tuşunişini şubha ostiga olgan. Merning eslatişiça, Kiyev Ukraina yagona energetika tizimining bir qismi hisoblanadi. Agar Rossiya zarbalari butun mamlakat böylab energetika infratuzilmasini işdan çiqarayotgan bölsa, şahar hokimiyati elektr taminotining uzluksizligini mustaqil ravişda taminlay olmaydi.
Ikki siyosatçi örtasidagi ziddiyat bir neça yildan beri davom etmoqda. Ular bir neça bor bir-birini vakolatlarga aralaşiş va yetarliça hamkorlik qilmaslikda ayblagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Vladimir Zelenskiy mamlakatdagi barça elektr stantsiyalari u yoki bu darajada şikastlanganini malum qildi. U Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlaridan elektr stantsiyalarini tamirlaş uçun zarur uskunalar yetkazib berişda yordam söraganligi haqida xabar berilgan edi.