Rossiya Kiyevdagi köprikka zarba berdi
Bugun, 3 oktyabr ertalab Rossiya qöşinlari Kiyevdagi Şimoliy köprikka reaktiv dron bilan zarba berdi. Bu haqda Ukraina poytaxti meri Vitaliy Kliçko malum qildi.
Uning sözlariga köra, ötiş joyida yöl qoplamasi va trolleybuslarning kontakt tarmoği şikastlangan. Kiyev şahar harbiy mamuriyati köprik böylab harakatlaniş yopilganini malum qilgan. Bu sababli bir qator avtobus va trolleybus yönalişlari keçikişlar bilan harakatlana boşlagan.
Qayd etiş joiz, 1 oktyabrdan beri Rossiya kuçlari Janubiy köprikka bir neça bor hujum qilgan. Hujumlardan biri çoğida dron inşootning tayanç qismi yaqiniga borib urilgan, öşa paytda köprikdan metro poyezdi ötayotgan bölgan. Yölovçilar va maşinist jarohat olmagan. Ilk zarbalardan söng Janubiy köprik orqali metro va yerusti transporti harakati konstruktsiyalarni tekşiriş uçun vaqtinça töxtatilgan. Keyingi hujumlardan söng elon qilingan malumotlarga köra, tayanç, tösiq, yöl qoplamasi va metropolitenning himoya beton tösiği şikastlangan.
Knça, 2 oktyabr kuni Kliçko Janubiy köprikka yana zarba tekkanini malum qilgan. Bir neça hujumdan söng inşoot transport va metro harakati uçun yopilgan, bu esa Kiyev yöllarida jiddiy tirbandliklarni keltirib çiqargan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya kuçlari Xarkov şahrining ikki tumaniga boşqariladigan aviabombalar bilan zarba bergani haqida xabar qilingan edi. Hujum oqibatida 2 kişi halok bölgan, 33 kişi, jumladan, 2 nafar bola yaralangan.