Rossiya Kiyevga zarba berdi. Qurbonlar bor
10-07-2025, 12:14
423 марта

Rossiya Kiyevga zarba berdi. Qurbonlar bor
Rossiya Qurolli kuçlari Ukraina poytaxti Kiyevga dronlar va raketalar yordamida zarba berdi. Hujum oqibatida ikki kişi halok böldi. Bu haqda bugun, 10 iyul kuni şahar harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenko malum qildi.Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, 16 kişi jarohat olgan, ulardan 10 nafari şifoxonaga yotqizilgan. Tkaçenkoning sözlariga köra, Kiyevning Şevçenko tumanida dron turar-joy binosi tomiga qulagan. Kliçko esa binoga parçalarning qulaganini, yuqori qavatda yonğin çiqqanini bildirgan.
Timur Tkaçenkoning bildirişiça, hujum oqibatida Kiyevda turar-joy binolari, omborxonalar, ofis va noturar obektlar hamda yonilği quyiş şoxobçalarida yonğinlar yuzaga kelgan. Şuningdek, bir qator avtomobillar şikastlangan.
Kliçkoning aytişiça, Kiyevning Podol tumanida Rossiya hujumi oqibatida 1-sonli Birlamçi tibbiy yordam markazining ambulator bölimi deyarli töliq vayron qilingan. Ukraina OAV xabariga köra, Kiyevda ketma-ket portlaşlardan keyin şaharni tutun qoplagan.
Rossiya qöşinlari Kiyev viloyatini ham dron va raketalar bilan nişonga olgan. Obuxov tumani aholisi orasida bir kişi yaralangan, u şifoxonaga yotqizilgan. Viloyat harbiy mamuriyati rahbari Nikolay Kalaşnikning bildirişiça, tört tuman zarba oqibatida zarar körgan.