USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Kiyevdagi maktabni bombaladi

84 марта
Россия Киевдаги мактабни бомбалади

Bugun, 1 oktyabrga ötar keçasi Rossiya kuçlari Ukrainaning şaharlariga dronlar orqali hujum qildi. Kiyevda dronlardan biri maktab binosiga urilgan bölsa, Odessada biznes-markazga zarba berildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, Rossiya droni şaharning Solomenskiy tumanidagi maktab binosiga urilgan. Hujum vaqtida bolalar va öqituvçilar boşpanada bölgan. Şu sababli ular jabrlanmagan.

Şuningdek, dronlar hujumi oqibatida Solomenskiy tumanidagi 16 qavatli turarjoy binosining birinçi qavatida yonğin çiqqan. Bino yaqinida töxtab turgan avtomobillar ham yonib ketgan.

Kiyevning Obolon tumanida esa dronlar zarbasi oqibatida omborlarda yonğin yuzaga kelgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati hujum oqibatida bir kişi jarohatlanganini malum qilgan.

Odessada 1 oktyabrga ötar keçasi biznes-markazga zarba berilgan. Mahalliy hokimiyat malumotlariga köra, bir kişi jarohatlangan. Odessa şahar harbiy mamuriyati rahbari Sergey Lisakning malum qilişiça, Rossiya hujumi oqibatida şahardagi infratuzilmaga ham zarar yetgan. Biroq u aynan qaysi infratuzilma obektlari şikastlanganiga aniqlik kiritmagan.

Eslatib ötamiz, keça, 30 sentyabr kuni ertalab Rossiyaning Bryansk viloyati Trubçevsk şahriga Ukraina Qurolli kuçlari tomonidan uyuştirilgani aytilayotgan dronlar orqali hujum qilinişi oqibatida 12 kişi jarohatlangandi. Jabrlanganlar orasida politexnika texnikumining 9 nafar öquvçisi ham bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: