Rossiya Kiyev va Odessaga zarbalar berdi. Qurbonlar bor
Rossiya kuçlari bugun, 24 sentyabrga ötar keçasi Ukraina hududlariga hujum qildi. Kiyevda zarba oqibatida 2 kişi halok bölib, kamida 8 kişi jarohatlandi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, Kiyevdagi hujum oqibatida Solomenskiy tumanida ombor binolari qisman vayron bölib, yonğin yuzaga kelgan. Alanga yertöla xonalariga ham tarqalgan. Yonğin öçirilgan, 3 nafar şaxs jabrlanuvçi sifatida şifoxonaga yotqizilgan.
Podolskiy tumanida tuğruqxona yaqiniga zarba berilişi oqibatida avtomobillar turargohida 4 ta maşina yonib ketgan. 1 nafar halok bölgan kişining jasadi topilgan. Boşqa manzilda bir qavatli noturar bino ham yonib ketgan.
Dneprovskiy tumanida uç qavatli mamuriy bino şikastlangan. U yerda 1 nafar jabrlanuvçi aniqlangan. Boşqa manzilda xususiy uy vayron bölgan, bir kişi qutqarilgan. Qöşni ikkita uy ham zarar körgan.
Odessada esa Rossiya hujumi oqibatida tibbiyot muassasasining tomi va yuqori qavatining bir qismi şikastlangan. Şuningdek, yaqin atrofdagi 10 ta turar joy binosi va maktabning derazalari singan.
Dastlabki malumotlarga köra, Odessadagi hujum oqibatida heç kim jabrlanmagan. Kommunal xizmat xodimlari tun davomida voqea joyida işlagan, köça tozalangan va turar joylardagi singan derazalar yopilgan
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya Ukrainaning 3 ta viloyatini bombalagani haqida xabar berilgan edi. Hujumlar Kiyev, Zaporoje şahri hamda Xarkov viloyatining ayrim hududlariga qaratilgan.