USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Ukrainaning 3 ta viloyatini bombaladi

123 марта
Россия Украинанинг 3 та вилоятини бомбалади

Rossiya Qurolli kuçlari keça, 22 sentyabr tunidan boşlab Ukraina hududlariga dronlar va aviabombalar bilan zarbalar bermoqda. Hujumlar Kiyev, Zaporoje şahri hamda Xarkov viloyatining ayrim hududlariga qaratildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Kiyev şahrining bir neçta tumanlari hujum ostida qolgan. Solomenskiy tumanida transport korxonasi hududida yonğin çiqqan. Goloseyevskiy tumanida esa ombor yongan va Rossiya droni yonilği quyiş şoxobçasiga urilgan.

Darnitsa tumanida hujum oqibatida yana bir yonilği quyiş şoxobçasining tomi yonib ketgan. Şuningdek, dron transport infratuzilmasi obektiga kelib tuşgan. Kiyevdagi hujumlarda 3 kişi jarohatlangan.

Zaporoje şahrida Rossiya zarbasi oqibatida savdo markazlaridan biri yongan. Yonğin aks etgan fotosuratlarga köra, gap “Amstor” savdo markazi haqida ketmoqda. Hujum oqibatida 2 kişi jarohatlangan.

Xarkov viloyatida esa Rossiya qöşinlari Izyum şahriga aviabombalar bilan zarba bergan. Hujum oqibatida köp qavatli uylar zarar körgan va zarba berilgan hududda yonğin çiqqan. 8 kişi, jumladan bir bola jarohatlangan.

Xarkov şahrida Rossiya dronlari keçqurun Kiyev tumanidagi avtomobillarga bir neça marta hujum qilgan. Buning oqibatida 1 kişi halok bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylari Zaporoje şahriga ommaviy hujum uyuştirgandi. Hujum oqibatida 2 ta töqqiz qavatli turar joy binosi zarar körgan va ularda yonğin çiqqan. Şuningdek, savdo markazlaridan biri hamda oliy talim muassasasining binosi yonib ketgan. 5 kişi jabrlangan, yana 5 kişi qutqarilgan va 14 kişi yonayotgan binolardan evakuatsiya qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: