Rossiya yana Ukrainaga hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
Rossiya qöşinlari bugun, 9 avgust kuni ertalab Ukraina hududlariga, jumladan, Xarkov va Odessa viloyatlariga raketa hamda dronlar bilan zarba berdi. Hujumlar oqibatida ikki kişi halok bölib, 29 kişi jarohatlandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Qayd etilişiça, Xarkovning Saltovskiy tumaniga berilgan raketa zarbasi oqibatida köp qavatli turar joy binosi zarar körgan. 50 va 66 yoşli ikki erkak halok bölgan. Kamida 21 kişi jarohatlangan. Ularning 11 nafari portlaş oqibatida jarohat olgan, ikki kişida is gazidan zaharlaniş qayd etilgan. Yana sakkiz kişi, jumladan, 5 yoşli bola kuçli stress holatiga tuşgan.
Odessa viloyatiga esa önlab raketa va dronlar bilan hujum qilingan. Hujum oqibatida infratuzilma obektlari va turar joy binolari zarar körgan. Odessaning ikki tumanida bir neçta uylar şikastlangan va qisman vayron bölgan.
Sönggi malumotlarga köra, Odessada sakkiz kişi jarohatlangan. Ulardan yetti nafarining ahvoli örtaça oğir. Jabrlanganlarning aksariyati portlaş oqibatida soçilgan metall parçalarining tegişi oqibatida jarohatlangan.
Eslatib ötamiz, Ukraina keça, 8 avgustga ötar keçasi Rossiyaning bir qator hududlariga, Qrim va Azov dengiziga qariyb 400 ta dron bilan hujum qilgan edi.