Rossiya tunda yana Kiyevni bombardimon qildi. Önlab qurbonlar bor
Rossiya qöşinlari bugun, 5 avgustga ötar keçasi Ukraina poytaxti Kiyev şahri va Kiyev viloyatiga ballistik raketalar hamda dronlar bilan hujum uyuştirdi. Hujum oqibatida kamida 15 kişi halok böldi, 50 ga yaqin odam yaralandi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.
Kiyev viloyati harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenkoning malum qilişiça, hujum oqibatida 14 kişi halok bölgan. Ularning 9 nafari Brovari tumanida, 4 nafari Buça tumanida, yana bir nafari Fastiv tumanida vafot etgan. Şu bilan birga, yana kamida 22 kişi jarohatlangan.
Hujum natijasida Buça, Brovari va Fastiv tumanlarida vayrongarçiliklar qayd etilgan. Brovari tumanida omborxonalar va işlab çiqariş binolari şikastlangan. Buça hamda Fastiv tumanlarida ham ombor binolariga zarar yetgan.
“Ukrzalіznitsya” kompaniyasining malum qilişiça, Kiyev viloyatida hujum nişoniga aylangan logistika markazlari yaqinidagi temiryöl platformasida bölgan odamlar orasida ham qurbonlar bor.
Hujum Kiyev şahrining öziga ham uyuştirilgan. Şahar meri Vitaliy Kliçkoning bildirişiça, poytaxtda bir kişi halok bölgan, yana 26 kişi jarohatlangan. Ularning 16 nafari şifoxonaga yotqizilgan, 4 nafarining ahvoli oğir.
Kliçkoning qayd etişiça, Goloseyev tumanida xususiy turar-joy binosi va omborxona vayron bölgan. Vayronalar ostida odamlar bölişi mumkin. Şuningdek, uşbu tumandagi noturar joy hududiga zarba berilgani oqibatida ammiak sizib çiqişi yuz bergan.
Eslatib ötamiz, Rossiya droni keça, 4 avgust kuni Ukrainaning Xerson şahrida köça böyida sabzavot sotayotgan erkakni taqib qilib, unga zarba bergan edi.