Rossiya Kiyevga zarba berdi. Qurbonlar va yaradorlar bor
14-03-2026, 15:33
55 марта
Rossiya Kiyevga zarba berdi. Qurbonlar va yaradorlar bor14 martga ötar keçasi Rossiya tomonidan Kiyev viloyatiga raketa va dronlar bilan berilgan ommaviy zarbalar oqibatida tört kişi halok böldi, yana 15 kişi jarohatlandi. Bu haqda viloyat harbiy mamuriyati rahbari Nikolay Kalaşnik malum qildi.
Qayd etilişiça, viloyatning törtta tumani öqqa tutilgan. Eng katta talofatlar Obuxov va Brovari tumanlarida qayd etilgan. Umumiy hisobda 30 dan ortiq obekt, jumladan, köp qavatli va xususiy turarjoy binolari, öquv yurtlari, hayotiy muhim infratuzilma korxonalari, işlab çiqariş va omborxonalar hamda avtomobillar şikastlangan.
“Insider.ua” naşrining yozişiça, hujumdan közlangan asosiy nişonlar Tripole IES (issiqlik elektr stantsiyasi) hamda Kiyevni Rivne AES (atom elektr stantsiyasi) bilan boğlovçi Nalivaykovkadagi podstantsiya bölgan.
Kiyev şahri va Kiyev viloyatining Buça tumanida elektr energiyasini favqulodda öçiriş tartibi joriy etilgan.