Rossiya Kiyevga zarba berdi. Önlab qurbonlar va yuzlab yaradorlar bor
2-06-2026, 22:46
88 марта

Rossiya Kiyevga zarba berdi. Önlab qurbonlar va yuzlab yaradorlar bor
Bugun, 2 iyunga ötar keçasi Rossiya Ukrainaning Kiyev va Dnepr şaharlariga keng kölamli hujum uyuştirdi. Oqibatda 16 kişi halok böldi, yuzlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda RBK Ukraina xabar berdi.Qayd etilişiça, Dneprdagi qurbonlar orasida kamida ikki nafar bola bor: 2023 yilda tuğilgan öğil bola (3 yoşli) va 8 yoşli bola. 42 kişi, jumladan, tört nafar bola jarohatlangan. 20 dan ortiq jabrlanuvçi parçalardan bölgan jarohatlar, siniqlar va mina-portlaş jarohatlari bilan şifoxonaga yotqizilgan. Qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.
Dneprda köp kvartirali uylar, korxona, öt öçiriş qismi, garajlar va avtomobillarga jiddiy şikast yetgan. Ommaviy zarba Ukrainaning boşqa hududlariga ham töğri kelgan.
Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malumotlariga köra, raketalardan biri Podolsk tumanidagi 9 qavatli turar joy binosiga borib tuşgan va yuqori qavatlarni qisman vayron qilgan. Boşqa bir raketaning parçalari köp qavatli uyning tomiga tuşib, yonğin keltirib çiqargan. Şuningdek, Solomenskiy, Svyatoşinskiy va Şevçenko tumanlaridagi uylar ham şikastlangan. Poytaxtga qilingan hujum tufayli olti kişi halok bölgan, 64 kişi jarohatlangan, ulardan ikki nafari bolalar.
Xarkov mer Igor Terexovning sözlariga köra, törtta tumanda zarbalar qayd etilgan: turar joy binosi şikastlangan, kamida 10 kişi jabrlangan. Kiyev viloyatida ham turar joy binolari şikastlangan, u yerda uç kişi jarohat olgan.