USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Kiyevga yana ballistik raketa uçirdi. Qurbonlar bor

79 марта
Россия Киевга яна баллистик ракета учирди. Қурбонлар бор

Bugun, 1 avgustga ötar keçasi Rossiya tomonidan Kiyevga uyuştirilgan keng kölamli ballistik raketa hujumlari oqibatida 9 kişi halok böldi, 27 kişi jarohat oldi. Bu haqda Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati malumotiga tayanib, “Ukrinform” xabar berdi.

Malum qilinişiça, poytaxtning beşta tumanida yonğinlar va vayronagarçiliklar qayd etilgan.

Solomyanskiy tumanida ikki kişi halok bölgan, sakkiz kişi, jumladan ikki bola jarohat olgan. Manzillardan birida beş qavatli turar joy binosining bir qismi qulab tuşib, yonğin yuzaga kelgan. Boşqa hududda esa avtoturargohdagi avtomobillar yonib ketgan. Uç kişi şifoxonaga yotqizilgan. Qutqaruvçilar yuqori qavatlardan 35 kişini evakuatsiya qilib, yonğinni öçirgan.

Darnitskiy tumanida mamuriy bino va yana bir noturar joy binosida yonğin hamda vayronagarçilik kuzatilgan. Boşqa manzilda avtomobil yonib ketib, yaqin atrofdagi binolar şikastlangan. Mazkur tumanda 7 kişi halok bölgan, yana 14 kişi, jumladan ikki bola jarohat olgan. Qutqaruvçilar yonğinlarni bartaraf etgan. Şuningdek, boğlardan birida raketa zarbasi oqibatida hosil bölgan çuqur aniqlangan, köçalardan biri böylab bir neça joyda yonğin yuzaga kelgan.

Şevçenkivskiy tumanida noturar joy binosida yonğin çiqib, bir neçta tez yordam maşinasi yonib ketgan. Hududlardan birida bir kişi jarohat olgan. Bundan taşqari, kinostudiya hududida ham yonğin yuzaga kelgan va u nazorat ostiga olingan.

Dneprovskiy tumanida dökon binosi şikastlangan.Peçerskiy tumanida esa törtta xususiy turar joy va xöjalik binolariga zarar yetgan.

Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati malumotiga köra, hodisa joylarida qutqaruvçilar va boşqa tezkor xizmatlar iş olib bormoqda. Hozirgaça 105 kişi qutqarib olingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamlakat hali Ukrainaga Patriot raketa tizimlari uçun raketalarni işlab çiqariş litsenziyasini berişga rozilik bermaganini, ammo bu borada muzokaralar davom etayotganini aytgandi. Gap şundaki, Rossiyaning havo hujumlari kuçaygani sababli Ukraina Patriot tizimlari uçun raketalar tanqisligiga duç kelmoqda. Patriot hozirça Ukraina ixtiyoridagi ballistik raketalarni yöq qila oladigan yagona tizim hisoblanadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: