Rossiya Kiyevni bombardimon qildi
Rossiya bugun, 6 iyulga ötar keçasi Ukraina poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan navbatdagi yirik hujumni amalga oşirdi. Hujum oqibatida kamida 7 kişi halok böldi, yana 24 kişi turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.
Kiyev meri Vitaliy Kliçkoning malum qilişiça, havo hujumi xavfi qariyb 4 soat davom etgan.
Eng katta zarar Podil tumanida kuzatilgan. Raketa zarbalari va parçalari oqibatida 4 ta turar joy binosida yonğin yuz bergan, köp qavatli uylardan biri qisman qulagan. Qutqaruvçilar binodan 15 kişini evakuatsiya qilgan. Malum qilinişiça, vayronalar ostida qolganlarni qidiriş işlari davom etmoqda.
Şuningdek, Podil tumanidagi 25 qavatli turar joy binosining 16-qavati şikastlangan. Noturar bino vayron bölgan, avtomobillar va garajlar yonib ketgan, raketa parçalari turar joy majmuasi hududiga ham tuşgan.
Darnitsa tumanida raketa bölaklari bir neçta köp qavatli uylar va noturar binolarga zarar yetkazgan. Goloseyev tumanida esa beş qavatli turar joy binosi, omborxona hamda boşqa noturar binolarda yonğin sodir bölgan.
Favqulodda vaziyatlar xizmati xodimlari tun davomida zarba berilgan hududlarda qutqaruv va yonğinni bartaraf etiş işlarini olib borgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiyaning ikkinçi yirik şahri Sankt-Peterburg va uni örab turgan Leningrad viloyati Ukraina tomonidan amalga oşirilgan yirik dron hujumiga uçragan edi.