Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
24-05-2026, 17:02
231 марта

Rossiya Ukrainaga yirik hujum uyuştirdi. Qurbonlar bor
Kliçkoning malum qilişiça, hujum oqibatida ikki kişi halok bölgan. Yana 44 kişi jarohatlangan bölib, ularning 28 nafari, jumladan ikki nafar bola şifoxonaga yotqizilgan.Kliçkoning aytişiça, Kiyevning markaziy qismidagi Şevçenko tumanida dronlar köp qavatli turar joy binolariga kelib urilgan.
Şuningdek, şahar şimolidagi Obolon tumanida uçuvçisiz apparat 16 qavatli uyning 12–13-qavatlariga zarba bergan. Ğarbiy hududdagi Solomenka tumanida esa 24 qavatli binoga 20-qavat qismida zarba tekkan. Ijtimoiy tarmoqlarda Solomenka tumanida çiqqan yonğin aks etgan videolar tarqaldi.
Bundan taşqari, Kiyevning turli hududlari va şahar atrofida dron hamda raketalar parçalari tuşişi oqibatida yonğinlar yuzaga kelgani xabar qilindi.
“Times of Ukraine” va bir qator Telegram-monitoring kanallari ijtimoiy tarmoqlardagi videolarga tayanib, Rossiya “Oreşnik” nomli örta masofali ballistik raketa bilan Kiyev janubidagi Oq Çerkov şahridagi nomalum obektga zarba bergan bölişi mumkinligini yozmoqda.
Hozirça Ukraina va Rossiya rasmiy manbalari raketa qöllanganini tasdiqlamagan. Biroq internetda tarqalgan videolarda “Oreşnik” raketa tizimiga xos bölgan jangovar bloklarning ajralişi va kuçli portlaşlar aks etgani aytilmoqda.
Agar bu malumot tasdiqlansa, bu Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruş boşlanganidan beri “Oreşnik” raketasidan uçinçi marta foydalanişi böladi.