USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya Kiyevni bombardimon qildi. Qurbonlar bor

171 марта
Россия Киевни бомбардимон қилди. Қурбонлар бор

Rossiya bugun, 2 iyulga ötar keçasi Ukrainaning poytaxti Kiyevga raketa va dronlar bilan keng kölamli hujum uyuştirdi. Hujum oqibatida kamida 8 kişi halok böldi, öttizdan ortiq kişi turli darajada tan jarohati oldi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Dastlab, Kiyev şahar harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenko 3 kişi halok bölgani va 25 kişi jarohatlanganini malum qilgan. Keyinçalik şahar hokimi Vitaliy Kliçko qurbonlar soni 5 nafarga, jarohatlanganlar esa 34 nafarga yetganini bildirgan. Uning sözlariga köra, yaralanganlarning 32 nafari şifoxonaga yotqizilgan, yana ikki kişiga voqea joyida tibbiy yordam körsatilgan.

Mahalliy OAVlarning xabar berişiça, keyinçalik halok bölganlar soniga yana 3 kişi qöşilgan. Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati malumotiga köra, hujum natijasida poytaxtning bir neçta tumanlarida turar joylar va fuqarolik infratuzilmasiga jiddiy zarar yetgan.

Malum qilinişiça, eng katta talafot Darnitskiy tumanida qayd etilgan. Bu yerda beş va töqqiz qavatli turar joy binolari qisman vayron bölgan. Şuningdek, 16 qavatli uyning yuqori qavatlari hamda bir neçta xususiy uylar şikastlangan.

Şevçenkovskiy tumanida yetti esa qavatli turar joy binosi va mehmonxonaning umumiy tom qismida yonğin yuz bergan. Bundan taşqari, beş qavatli uy zarar körgan, yana bir beş qavatli binoda 300 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yonğin çiqqan. Uç qavatli noturar bino ham alanga içida qolgan.

Goloseyevskiy tumanida 16 qavatli turar joy binosining texnik qavatida yonğin yuzaga kelgan.

Peçerskiy tumanida töqqiz qavatli turar joy binosi şikastlangan. Yana bir binoning birinçi va ikkinçi qavatlarida 200 kvadrat metr maydonni qamrab olgan yonğin sodir bölgan. Qutqaruvçilar uşbu binodan bir kişini xavfsiz hududga olib çiqqan.

Obolonskiy tumanidagi omborxonada yonğin yuz bergan. Jarohatlanganlardan biri fuqarolar tomonidan eng yaqin yonğin-qutqaruv bölimiga olib kelingan va unga birinçi tibbiy yordam körsatilgan.

Şuningdek, Svyatşinskiy tumanida ikki xususiy uy, Desnyanskiy tumanida esa töqqiz qavatli turar joy binosi zarar körgan.

Malumotlarga köra, hozirda barça favqulodda xizmatlar vayronalar ostida qidiruv-qutqaruv işlarini olib bormoqda. Rasmiylar hujum oqibatlari va qurbonlar soniga oid malumotlar yana özgarişi mumkinligini bildirgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya kuçlari Ukrainaning Sumi viloyatidagi aholi punktlariga 106 ta hujum uyuştirgan edi. Hujumlar oqibatida 21 kişi jarohat olgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: