Pokistonda töğon tösiği qulab, yonidagi quriliş maydonini suv bosdi
Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Tarbela töğoni himoya tösiği qulab, uning yonidagi quriliş maydonini suv bosdi. Oqibatda katta miqdordagi suv hududda qurilayotgan tunnel va elektr stantsiyasi binosiga oqib kirdi. Hodisadan söng favqulodda holat elon qilinib, barça işçilar xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi. Bu haqda mamlakat Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi malum qildi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 9 noyabr kuni Tarbela töğonining beşinçi kengaytiriş loyihasi (T-5) doirasida qaziş işlari olib borilayotgan vaqtda yuz bergan. Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi malumotiga köra, tunnel qaziş jarayonida toğ jinslarining zaif qatlami qulab tuşgan.
Voqeadan söng quriliş işlari töxtatilgan. Işçilar zudlik bilan xavfsiz hududga olib çiqilgan. Suv va energetikani rivojlantiriş boşqarmasi suv töliq çiqarib yuborilganini va quyi oqimdagi quriliş maydonlariga suv kirişi töxtaganini bildirgan. Elektr stantsiyasi binosidagi suvni çiqariş işlari ham boşlangan.
Haripur tumani komissari örinbosari Vasim Ahmad loyiha masullariga tayanib, tunnel, elektr stantsiyasi binosi va boşqa inşootlarga zarar yetgan-yetmaganini aniqlaş işlari olib borilayotganini aytgan.
Mahalliy mamuriyat vakilining aytişiça, hozirça Tarbela töğonidan quyi hududlarda suv toşqini xavfi yöq. Biroq Svobi tumani komissari örinbosari Nasrulloh Xon töğondan qöşimça suv çiqarilganini va bu Hind daryosidagi suv oqimi hamda sathining kötarilişiga olib kelişi mumkinligini bildirgan. U aholini daryoda çömilmaslik, suzmaslik va qayiqda sayr qilmaslikka çaqirgan.