USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya samolyotlari 6 oyda öz hududiga 94 ta bombani tuşirib yubordi

105 марта

Rossiya samolyotlari 6 oyda öz hududiga 94 ta bombani tuşirib yubordi

Joriy yil boşidan beri Rossiya Harbiy-havo kuçlari samolyotlari öz hududiga jami 94 ta aviabomba (87 ta oddiy va 7 ta aqlli bomba) hamda 3 ta raketa taşlab yuborgan. Bu haqda “Astra” xabar berdi. 
Qayd etilişiça, bunday holatlar Rossiya Federatsiyasining Ukraina bilan çegaradoş hududlarida va Rossiya qöşinlari tomonidan bosib olingan Ukraina viloyatlarida qayd etilgan. Sönggi hodisa joriy yilning 21 iyun kuni Donetsk viloyatining Kalmius tumanidagi Dokuçayevsk şahri yaqinida sodir bölgan. Bu hudud 2014 yilning aprelidan beri DNR kuçlari nazorati ostida. Rossiya samolyotidan oğirligi 500 kilogramm bölgan FAB-500 bombasi favqulodda holatda tuşib ketgan. Oqibatda Yangi Olenovka posyolkasidagi Severnaya köçasida joylaşgan törtta xonadonning tomlari teşilib, derazalari sinib ketgan. Heç kim jabrlanmagan.
Bundan ikki hafta oldin, 11 iyun kuni xuddi şunday bomba Kursk viloyatining Dolgiy Kolodez qişloğida boğ hududiga tuşgan va katta çuqur hosil qilgan. Hisob-kitoblarga köra, 2 iyundan 21 iyungaça bölgan davrda Rossiya harbiy samolyotlari çegaraga yaqin hududlarda kamida 10 ta bombani tuşirib yuborgan. Xususan, ikki bomba Debaltsevo (Donetsk viloyati) yaqiniga, yana ikkitasi Makeyevka atrofiga, ikkitasi Belgorod viloyatiga va Lugansk viloyatidagi Çernuxino posyolkasiga, qolganlari esa Volnovaxa tumani va Yasinovataya atrofidagi hududlarga tuşgan.
Bundan oldin, joriy yilning 17 mart kuni Rossiya samolyotlari Belogorod viloyatiga bir kunda törtta bomba tuşirib yuborgan. Bu bombalardan biri Şirokiy ferma xöjaligi yaqinida, biri Moşenoye qişloğidan bir yarim kilometr uzoqlikda, yana biri Seretino qişloği atrofida, yana biri esa Artelnoye qişloğidan 800 metr narida aniqlangan.
2024 yil davomida esa Rossiya hududlariga va Rossiya tomonidan bosib olingan Ukraina yerlariga kamida 165 ta bomba tuşib ketgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: