USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Peruda şahar hokimi saylovi ğolibi tanga taşlaş orqali aniqlandi

35 марта
Перуда шаҳар ҳокими сайлови ғолиби танга ташлаш орқали аниқланди

Peruning Puno regionidagi Konima okrugida mer saylovi ğolibi tanga taşlaş orqali aniqlandi. Bu haqda “La República” xabar berdi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 4 oktyabr kungi saylovda “Somos Perú” partiyasidan Ruben Kispe Kapaxanya va “País para Todos” partiyasidan Salomino Mamani Kispe bir xil – 671 tadan ovoz töplagan. Barça bayonnomalar qayta işlangaç, saylov komissiyasi oşkora qura taşlaş marosimini ötkazgan.

Ketma-ketlik raqamlangan çiptalar yordamida belgilangan. “Somos Perú” vakili bir raqamini tortib olgan, şuningdek, bir sol (milliy valyuta) qiymatidagi beşta tangadan birini olgan va orqa tomoni tanlagan. Uning raqibiga esa old tomoni berilgan.

Saylov komissiyasi azosi tangani yuqoriga otgan. Şunda tanganing orqa tomoni tuşgan va Ruben Kispe Kapaxanya ğolib deb topilgan. Quradan söng siyosatçi mahalliy jurnalistlarga ğalabasiga işonganini va öz vakiliga tanganing orqa tomonini tanlaşni özi maslahat berganini aytgan.

Ikkala nomzodning vakillari bayonnomalarni imzolagan. Jarayonni saylov organlari xodimlari, politsiya va notarius kuzatib turgan.

Salomino Mamani Kispe ğolibni aniqlaşning bunday usulidan norozi bölgan. “Andina” agentligining yozişiça, u ovozlar teng kelib qolganda ikkinçi tur ötkazilişi uçun qonunni özgartirişni taklif qilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: