AQŞda Tramp surati tuşirilgan 1 dollarlik tanga çiqarildi
AQŞ zarbxonasi Prezident Donald Tramp surati tuşirilgan bir dollarlik tangani muomalaga çiqardi va uni sotişni boşladi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi.
Qayd etilişiça, tanga AQŞ Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilinganining 250 yilligi munosabati bilan çiqarilgan. Oltinrang tanganing bir tomonida Trampning portreti, “LIBERTY” va “IN GOD WE TRUST” yozuvlari joylaştirilgan.
Tanganing orqa tomonida AQŞ prezidentlik muhri tasviri va qalqonda “250” raqami aks etgan. AQŞ zarbxonasi tanga mamlakatning yubileyi arafasidagi “ruh, ğurur va meros”ni ifodalaşini bildirgan.
Malum qilinişiça, Tramp surati tuşirilgan tanganing çiqarilişi mamlakatda tanqidlarga ham sabab bölgan. Çunki AQŞda amaldagi prezidentlarning suratini valyutaga joylaştiriş uzoq vaqtdan beri ananaga zid hisoblanib kelgan.
Bunday holatga tarixdagi eng yaqin misol 1926 yilda kuzatilgan. AQŞning 150 yilligi munosabati bilan çiqarilgan tangada öşa paytda prezident lavozimida bölgan Kalvin Kulij va birinçi prezident Jorj Vaşingtonning yonma-yon portretlari aks etgan.
Biroq tanqidçilar 1926 yilgi tanga oddiy muomala vositasi emas, balki yubiley munosabati bilan çiqarilgan esdalik tangasi bölganini takidlamoqda.
Tangani çiqariş ğoyasini AQŞ Soliya vaziri Skott Bessent 15 iyul kuni ijtimoiy tarmoqda elon qilgan. Uning aytişiça, tanga “Amerika qadriyatlarining kuçini” va erkinlikni asraşga bağişlangan mamlakat vadasini ifodalaydi.
Tramp mamuriyati prezidentning nomi yoki suratini boşqa obekt va mahsulotlarda ham aks ettiriş taşabbuslarini ilgari surgan. Ular orasida Kennedi markazi, AQŞ Tinçlik instituti, milliy boğlar uçun abonementlar va 250 yillik yubileyga bağişlangan çeklangan seriyadagi pasportlar bor.
Şuningdek, may oyida Bessent Tramp surati tuşirilgan yangi 250 dollarlik banknotini çiqariş böyiça tayyorgarlik boşlanganini malum qilgan. Bu taşabbusni amalga oşiriş uçun Kongress roziligi talab etiladi.
Bir dollarlik tanganing nominal qiymati bir dollar bölsa-da, AQŞ zarbxonasi uni kollektsionerlarga ustama narxda sotmoqda. 25 tanadan iborat öram 61 dollar, 100 tanalik xalta esa 154,50 dollardan taklif etilgan.
AQŞ zarbxonasi tangalar faqat bezak yoki kollektsiya uçun emas, balki rasmiy muomala vositasi sifatida ham işlatilişi mumkinligini takidlagan.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Prezidenti Donald Tramp Amerika mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan çiqariladigan yangi pasport dizaynini taqdim etgandi.