Tramp öz surati tuşirilgan yangi AQŞ pasportining rasmini elon qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Amerika mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan çiqariladigan yangi pasport dizaynini taqdim etdi. Mazkur pasport çeklangan nusxada esdalik sifatida çiqariladi va unda Trampning surati aks ettirilgan. Bu haqda CNN xabar berdi.
“AQŞning yangi pasporti. Unda: “Xuş kelibsiz, ammo odobli böling!” deb yozilgan”, deya Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida yozib qoldirgan.
U elon qilgan namunaviy pasport sahifasida Trampning Resolute iş stoli ortida tasvirlangan surati, fonida esa Mustaqillik deklaratsiyasining asl matni va pastki qismida uning imzosi joylaştirilgan. Qarama-qarşi sahifada rassom Jon Trambullning “Mustaqillik deklaratsiyasi” kartinasi aks etgan.
“Amerikaning 250 yilligiga bağişlangan yangi AQŞ pasporti”, deya Oq uy ham X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida ayni şu pasport tasvirini elon qilgan.
Biroq Davlat departamenti uşbu tasvir esdalik pasportining yakuniy rasmiy dizayni ekaniga hozirça izoh bermagan. Mazkur pasport ilk bor aprel oyida AQŞning 250 yillik yubileyini nişonlaş dasturi doirasida elon qilingan edi.
Rasmiylarga köra, u tayyor bölgaç, Vaşington pasport agentligida hujjatini şaxsan yangilayotgan fuqarolar uçun standart pasport sifatida beriladi. Onlayn murojaatlar va boşqa hududlardagi pasport markazlarida esa amaldagi dizayn saqlanib qoladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ Moliya vaziri Skott Bessent Prezident Donald Tramp surati tuşirilgan 250 dollarlik yangi banknota tayyorlanayotganini tasdiqlagan edi.