Afğonistonda mahkumlar va qarzdorlarga pasport beriş taqiqlandi
25-08-2025, 11:18
193 марта

Afğonistonda mahkumlar va qarzdorlarga pasport beriş taqiqlandi
Afğonistonda pasport ololmaydigan şaxslar röyxati kengaytirildi. Bu haqda “Khaama Press” xabar berdi.Naşrning yozişiça, pasport boşqarmasi yangi qoidalarni joriy qilgan. Unga köra, mahkumlarga, vasiylarsiz bolalarga, şuningdek, tölanmagan qarzlari yoki boşqa majburiyatlari mavjud şaxslarga xorijga çiqiş va pasport oliş taqiqlanadi.
“Biometrik tizimlar va malumotlar bazalari orqali xorijga çiqişi taqiqlangan şaxslar sifatida belgilanganlarga pasport beriş avtomatik tarzda rad etiladi”, deyiladi xabarda.
Naşr malumotiga köra, ilgari barça fuqarolar pasport oliş huquqiga ega bölgan, çeklovlar esa faqat ayrim jinoyat işlari doirasida qöllanilgan.
Malumot uçun, Afğonistonda şaxsni tasdiqlovçi milliy hujjat “tazkira” deb nomlanadi va undan aholining aksariyati foydalanadi. Pasport esa çet elga çiqiş uçun talab qilinadi.