USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp tasviri tuşirilgan 250 dollarlik banknota çiqarilişi mumkin — WP

51 марта

Tramp tasviri tuşirilgan 250 dollarlik banknota çiqarilişi mumkin — WP

AQŞ Moliya vazirligi prezident Donald Tramp tasviri tuşirilgan 250 dollarlik yangi banknota çiqariş ğoyasini ilgari surmoqda. Bu haqda The Waşington Post gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.

Malumotlarga köra, Tramp mamuriyatidagi ayrim rasmiylar yangi nominaldagi banknotani işlab çiqişni tezlaştiriş uçun AQŞ Ğaznaçiligi tarkibidagi bosma va öyma byurosiga bosim ötkazmoqda. Taşabbus mualliflari sifatida ğaznaçi Brendon Biç va uning maslahatçisi Mayk Braun körsatilgan.

Ular hatto banknota dizayni böyiça namunalarni ham taqdim etgan. Ulardan birida 250 dollarlik banknot markazida Donald Tramp tasviri, yonida esa AQŞ prezidenti va moliya vaziri Skott Bessent imzolari joylaştirilgan.

Loyiha muallifi, britaniyalik rassom Ian Alexander uşbu maket mavjudligini tasdiqladi. Şuningdek, u Donald Tramp bilan AQŞ taşkil topganining 250 yilligiga bağişlab dizaynga özgartirişlar kiritiş, jumladan, Amerika bayroği ranglari va maxsus logotip qöşiş masalasini muhokama qilganini aytgan.
Takidlanişiça, AQŞ pul birligida 1866 yildan beri heç bir tirik şaxs tasviri tuşirilmagan. Öşa paytda 5 sentlik banknotaga Ğaznaçilik amaldorining surati joylaştirilgan edi. Donald Tramp tasvirini banknotaga tuşirişga ruxsat berişi mumkin bölgan qonun loyihasi esa 2025 yildan buyon AQŞ Kongressida körib çiqilmoqda. 


Naşrga köra, Bosma va öyma byuro xodimlari bunday banknotani işlab çiqiş bir neça yil davom etişini, çunki jarayon murakkab huquqiy va texnik tartib-taomillarni öz içiga olişini bir neça bor takidlagan.

AQŞ Moliya vazirligi 250 yillik yubiley munosabati bilan AQŞ dollarlarida prezident Donald Tramp va moliya vaziri Skott Bessent imzolarini joylaştiriş rejalaştirilganini malum qilgandi. Bu AQŞ tarixida birinçi holat bölib, unda amaldagi prezidentning imzosi milliy valyutada paydo bölişi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: