USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eron 10 mln riallik banknotani muomalaga kiritdi

46 марта

Eron 10 mln riallik banknotani muomalaga kiritdi

Eron Markaziy banki mamlakat tarixidagi eng yirik nominal – 10 million riallik (taxminan 7 AQŞ dollari) banknotani muomalaga kiritdi. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.

Markaziy bankning bildirişiça, yangi kupyura “aholining naqd pulga bölgan ehtiyojini taminlaş” uçun zarur. Şu bilan birga, mamlakatda elektron tölov tizimlari va internet-banking barqaror işlaşda davom etayotgani qayd etilgan.
“Financial Times” naşrining yozişiça, yangi banknota Eronda naqd pulga bölgan keskin talab fonida muomalaga kiritilgan. Eronliklar elektron tölov tizimlari töxtab qolişidan xavfsirab, hisob raqamlaridan pul yeçib oliş uçun banklarda soatlab navbatda turibdi. Markaziy bank kredit taşkilotlarini yetarli miqdorda kupyuralar bilan taminlayotganini davo qilsa-da, banklar naqd pul berişga çeklovlar joriy qilmoqda.

Yangi puşti rangdagi banknotaning old tomonida Yazd şahridagi IX asrga oid jome masjidi tasviri, orqa tomonida esa 2,5 ming yillik tarixga ega Bam qalasi aks ettirilgan. Şu haftadan banklar yangi kupyuralarni bera boşlagan, biroq köplab bölimlar va bankomatlarda naqd pul tezda tugab qolmoqda.
Eron Markaziy banki yangi banknota aholining naqd pulga bölgan ehtiyojini yengillaştirişini takidlamoqda. Şunga qaramay, rasmiylar asosiy hisob-kitob vositasi sifatida hamon bank kartalari va mobil banking qolayotganini uqtirmoqda.
Uruş harakatlari moliya tizimiga qöşimça bosim ötkazgan: infratuzilmaga berilgan zarbalar aholi va biznes orasida xavotirni kuçaytirdi. Eron iqtisodiyoti bungaça ham AQŞ sanktsiyalari, neft tuşumlarining kamayişi, yuqori inflatsiya va rialning qadrsizlanişi tufayli oğir ahvolda edi. Statistika agentligi malumotlariga köra, 19 fevral holatiga köra, yillik inflatsiya 47,5 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari narxining ösişi esa 105 foizni taşkil etgan.

Inqiroz fonida hukumat pul islohotini davom ettirmoqda: 2019 yildan beri yangi banknotalar ötiş davri formatida bosilmoqda, noyabrda esa rialdan törtta nolni olib taşlaş haqida qonun qabul qilingan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: