USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 iyul — milliy valyuta muomalaga kiritilgan kun

129 марта

1 iyul — milliy valyuta muomalaga kiritilgan kun


1994 yilning 1 iyul sanasi milliy valyuta — söm muomalaga kiritilgan kun.
Milliy valyuta tizimi bir qator bosqiçlarni bosib ötgan. Markaziy bank tomonidan 1991-1993 yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritiş uçun juda köp izlanişlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi örganildi.

1993 yilning 15 noyabridan boşlab tölov vositasi sifatida «Söm-kupon» muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oşiriş borasida malum tajribaga ega böliş uçun «Söm-kupon» ötiş valyutasi sifatida xizmat qildi.
Uşbu yönalişda yetarli tajriba töplangaç, 1994 yil 1 iyuldan boşlab Özbekiston Respublikasi milliy valyutasi «söm» muomalaga kiritildi.
Dastlabki muomalaga çiqarilgan banknot va tangalar xorijiy davlatlarda tayyorlangan. 1995-1996 yillarda banknot va tangalarni tayyorlaşning töliq tsiklini joriy etiş maqsadida Markaziy bank qoşida «Davlat belgisi» korxonasi va uning tarkibida Qoğoz fabrikasi, Bosma fabrika va Zarbxona taşkil etildi va özimizda «pul işlab çiqariş» yölga qöyildi. Bu korxona hozirda «Davlat belgisi» DUK deb yuritiladi.

Milliy valyutamiz — söm mamlakatda mustaqil pul-kredit siyosatini yuritiş, iqtisodiyotda hisob-kitoblarni amalga oşiriş imkoniyatini yaratdi. Iş haqi va ijtimoiy tölovlar sömda tölana boşladi. Şu tariqa davlatning iqtisodiy mustaqilligini taminlovçi mustaqil pul-kredit siyosati şakllantirildi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: