Rossiya ham yangi kupyurani muomalaga kiritdi
26-12-2025, 19:55
297 марта

Rossiya ham yangi kupyurani muomalaga kiritdi
Rossiya Markaziy banki Volga federal okrugi ramzlari tuşirilgan, 1000 rubl nominal qiymatdagi yangilangan kupyurani taqdim etdi. U bugun, 26 dekabrdan rasman muomalaga kiritilgan. Bu haqda RBK xabar berdi.Qayd etilişiça, banknota Nijniy Novgorod va Volga federal okrugiga bağişlangan. Old tomonidagi asosiy tasvir – Nijniy Novgorod Kremlining Nikolskaya minorasi. Orqa tomonida esa Saratov avtomobil köprigi, “Meteor-120R” suvusti qanotli kemasi hamda Qozondagi Dehqonçilik saroyi tasvirlangan. Avvalgi kupyura kabi yangi banknota ham kökimtir rangda işlangan.
“Yangi banknota darhol muomalaga kirmaydi. Banklar va savdo-xizmat körsatiş korxonalariga banknotalarni qabul qiliş va qayta işlaş uskunalarini sozlaş uçun vaqt kerak böladi. Bu jarayon odatda bir yildan bir yarim yilgaça davom etadi”, deydi Rossiya Markaziy banki raisi örinbosari Sergey Belov.


U, şuningdek, eski kupyuralar yangilari bilan birga eskirguniga qadar muomalada qolişini qöşimça qilgan.
“Banknotalar malum davriylikda modernizatsiya qilinişi kerak. Bu nafaqat ularning çiroyli va zamonaviy körinişi uçun, balki eng avvalo qalbakilaştirişdan himoya darajasini oşiriş uçun zarur”, deya izohlagan Belov yangilaş zaruratini.Bungaça Rossiya Markaziy banki 2022 yilda 100 rubl, 2023 yil oktyabrida esa 5000 rubl nominalidagi yangilangan banknotalarni çiqargan.
Belovning aytişiça, yangi kupyuralarda himoya tizimi sezilarli darajada kuçaytirilgan.
“Biz har bir inson mustaqil tekşira oladigan elementlarni murakkablaştirdik – banknotani qiyalatganda, qöl bilan uşlaganda yoki yoruğlikka tutib körganda aniqlanadigan belgilarni. Şuningdek, bankomatlar, tölov terminallari va boşqa avtomatik qurilmalar tomonidan öqiladigan – maşina öqiy oladigan himoya belgilariga alohida etibor qaratdik”, deydi Belov.Qayd etiş joiz, bu – 1000 rubllik banknotani çiqarişga ikkinçi uriniş. Birinçi uriniş 2023 yilda bölgan. Öşanda Rossiya Markaziy banki Volga federal okrugiga bağişlangan yangi 1000 rubllik kupyurani muomalaga çiqargan. Ammo banknotaning orqa tomonidagi dizayn jamoatçilikda keskin bahs-munozaraga sabab böldi. Unda Qozondagi Syuyumbike minorasi (uning tepasida yarim oy bor) va yonida Tatar xalqining davlatçiligi tarixi muzeyi tasvirlangan edi. Uşbu muzey binosi ilgari Saroy çerkovi bölgan. Muhim jihati şundaki, sovet davrida bu binodan xristianlik xoçi olib taşlangan, ammo yangi banknotada u qayta tiklanmadi. Şu sababli ayrim doiralar buni diniy ramzlarga nisbatan biryoqlama yondaşuv deb baholadi. Aynan şu holat “xoç mojarosi”ga sabab bölgan va oqibatda Markaziy bank banknotani qayta işlab çiqişga majbur bölgan.