Sifatsiz tovarlar haqida xabar berganlarga pul tölanadi
25-08-2025, 15:12
126 марта

Sifatsiz tovarlar haqida xabar berganlarga pul tölanadi
Özbekistonda sifatsiz tovaralar haqida xabar bergan şaxslar rağbatlantirilişi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligining joriy yilning 21 avgust kuni jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan “Bozor nazorati töğrisida”gi qonun loyihasida söz boradi.Unga köra, muomalaga kiritilgan mahsulotning majburiy talablarga muvofiq emasligi töğrisida öziga malum bölib qolgan iqtisodiy operatorlar mazkur axborot olingan paytdan etiboran 10 kun içida bu haqda Bozor nazorati organiga xabar qilişi şart.
Muomalaga kiritilgan mahsulotning majburiy talablarga nomuvofiq ekani töğrisidagi axborotni olgan işlab çiqaruvçining vakolatli vakili, import qiluvçi, tarqatuvçi uni işlab çiqaruvçiga ön kun içida yetkazişi şart.
Iqtisodiy operator hisoblanmaydigan va muomalaga kiritilgan mahsulotning majburiy talablarga muvofiq emasligi töğrisida öziga malum bölib qolgan şaxs uşbu axborotni bozor nazorati organiga yuborişga haqli. Qonunçilikda uşbu şaxslarni moliyaviy rağbatlantiriş nazarda tutilişi mumkin.
Bozor nazorati organi muomalaga çiqarilgan mahsulotning majburiy talablarga nomuvofiqligi töğrisidagi axborotni olgaç, axborot kelib tuşgani haqida iqtisodiy operatorni 5 kun içida xabardor qilişi şart.
Qonun loyihasida qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
- muomalaga çiqarilgan mahsulotlarning xavfsizligini taminlaş ustidan jamoatçilik nazoratini yanada kuçaytiriş maqsadida nomuvofiq mahsulotlar haqida xabar bergan şaxslarni moddiy rağbatlantiriş tartibini 4 oy muddatda tasdiqlaydi;
- davlat va nodavlat ilmiy taşkilotlar tomonidan xalqaro konsultantlarni jalb qilgan holda ilğor xorijiy davlatlar tajribasi asosida yetkazilgan manaviy zarar miqdorini aniqlaş böyiça uslubiyot 6 oy muddatda işlab çiqilişini taminlaydi;
- hukumat qarorlarini uşbu qonunga muvofiqlaştiriladi;
- respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari uşbu qonunga zid bölgan öz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta körib çiqişi va bekor qilişini taminlaydi.