Qozoğistonda yangi dizayndagi banknota muomalaga çiqarildi
26-12-2025, 12:30
67 марта

Qozoğistonda yangi dizayndagi banknota muomalaga çiqarildi
Bugun, 25 dekabr kuni Qozoğistonda 500 tengelik yangi dizayndagi banknotalar muomalaga çiqarildi. Eski namunadagi kupyuralar 2027 yil oxirigaça amal qiladi. Bu haqda mamlakat Milliy banki xabar berdi.Qayd etilişiça, 500 tengelik yangi banknota “Sak uslubi” seriyasidagi beşinçi kupyura hisoblanadi. Unda mamlakat merosi – köçmançilar madaniyatidan tortib zamonaviy Qozoğistongaça bölgan qadriyatlar aks ettirilgan.
Milliy bank izohiga köra, uşbu banknotalar keng muomalaga 2026 yilning ikkinçi çoragida kiradi, çunki ularni mamlakatning barça hududlariga yetkaziş va uskunalarni (bankomatlar, terminallar hamda boşqa kassa texnikalari) moslaştiriş uçun qöşimça vaqt talab etiladi.
Yangi banknotaning rangi kök. Old tomonida quyidagilar tasvirlangan:
- “Hayot daraxti” şoxi va parvoz qilayotgan quş (miloddan avvalgi V–IV asrlarga mansub Issiq qörğoni, Oltin odamning boş kiyimidagi detal bölib, tabiat va etiqodlar örtasidagi muqaddas boğliqlikni anglatadi);
- DNK spiraliga öxşaş va bezak tarzida işlangan çeksizlik ramzi, inson va tabiat örtasidagi aloqani ifodalaydi;
- artefakt – Arxar boşi şaklidagi yanoq bölagi (miloddan avvalgi VIII–VII asrlarga mansub Berel qörğonlari, “Podşohlar vodiysi”, Şarqiy Qozoğiston viloyati).

Orqa tomonida esa Qozoğistonda yaşovçi arxar bezakli qalqon fonida tasvirlangan. Asosiy tasvir ortida doira şaklidagi qozoq milliy naqşi joylaşgan bölib, u bir neçta manoni mujassam etadi: “qalqon” – qadriyatlarni himoya qiliş ramzi, tört tomon – qadimiy belgi, quyoş ramzi va markazdagi hayot hamda yaratuvçan energiya timsoli. Banknotaning markazida fon sifatida “çeksizlik” naqşi konturi berilgan bölib, uning içida “Muztau” toğining manzarasi joylaştirilgan.
Yangi 500 tengelik banknotalar bugun, 25 dekabrdan muomalaga kiritiladi va 24 oy davomida 2017 yil namunadagi 500 tengelik banknotalarni bosqiçma-bosqiç almaştirib boradi.
Milliy bank malumotiga köra, eski namunadagi banknotalar ikki yil davomida asta-sekin muomaladan çiqariladi. Şu sababli bu davrda aholiga banklarda yoki Milliy bank filiallarida eski banknotalarni yangisiga almaştiriş şart emas. Eski va yangi banknotalarning parallel muomalada böliş muddati 2025 yil 25 dekabrdan 2027 yil 24 dekabrgaça davom etadi.
Parallel muomala muddati tugagaç, yani 2027 yil 25 dekabrdan boşlab barça banklar va “Kazpoçta” uç yil davomida – 2030 yil 24 dekabrgaça eski namunadagi banknotalarni yangisiga almaştirib beradi. Milliy bank filiallari esa eski banknotalarni muddatsiz qabul qiladi.