USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda qaysi kupyura eng köp işlatiladi?

392 марта

Özbekistonda qaysi kupyura eng köp işlatiladi? 

Özbekistonda muomaladagi naqd pullar orasida 100 ming sömlik banknotdan eng köp foydalanilmoqda. Bu haqda Markaziy bank elon qilgan naqd pul muomalasi şarhida yozilgan
​
Muomalada qança naqd pul bor?
2026 yil 1 yanvar holatiga köra, mamlakatda muomaladagi naqd pullar miqdori 68 trillion sömga yetdi. Bu bir yil avvalgidan 15 trillion sömga köp.
Banklar tuşum qilgan va sarflagan naqd pullar örtasidagi farq muomalaga qöşimça pul çiqariş orqali qoplab kelinadi. Şu maqsadda Markaziy bank 2025 yil davomida jami 16,8 trillion sömlik naqd pullarni muomalaga çiqargan. Natijada umumiy pul massasidagi naqd pul uluşi 18,1 foizni taşkil etgan. Bir yil ilgari bu körsatkiç 19,2 foiz edi.
Foto: “Daryo”
Banklarga naqd pul tuşumi ortdi
Ötgan yili banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 1 trillion 250 milliard sömga yetib, 2024-yildagidan 24 foizga köp böldi. Şundan naqd pul tuşumlari 615 trillion söm, çiqimlari 635 trillion söm. Banklarga naqd pul tuşumlari 2024-yildagiga qaraganda 114 trillion sömga (23 foiz) ösgan. Bunda masalan, bank xizmatlaridan (omonatlar, kredit qaytarilişi, xorijiy valyutalarni sotişdan tuşumlar) naqd pul tuşumlari 60 trillion sömga, savdo tuşumlari 25 trillion sömga oşgan. 

Bank kassalaridan (bankomatlar ham) çiqim qilingan naqd pullar 2024-yildagiga qaraganda 125 trillion sömga (25 foiz) oşgan. Mazkur holat asosan bank kartalaridan naqd pul yeçiş hajmi 54 trillion sömga, banklar aholidan çet el valyutasini sotib oliş uçun bergan naqd pullar miqdori 27 trillion sömga ösişi hisobiga yuzaga kelgan.
“2025-yilda bank kartalariga kirim qilingan mablağlar hajmi 2024-yilga nisbatan 1,4 barobarga oşişi asosan aholi daromadlari ösişi bilan izohlanadi. Uşbu davrda bank kartalaridagi 279 trillion söm mablağlar naqdlaştirib olingan”, deyiladi Markaziy bank şarhida.
Foto: “Daryo”
Qaysi kupyuralar ommabop?
2025-yilda Markaziy bank muomalaga qöşimça 262 million dona banknot çiqargan va umumiy naqd pullar soni 2,44 milliard donadan oşgan. Ötgan yili muomaladagi naqd pullar tarkibida 200 ming sömlik banknotlar uluşi 23,4 foizdan 28,5 foizga oşgan. Biroq 100 ming sömliklar uluşi 40,9 foizdan 36,4 foizga kamaysa-da, eng ommabop banknot bölib qolmoqda. Uluşdagi qisqariş asosan eski namunadagi banknotlarni muomaladan çiqariş hisobiga şakllangan.
Foto: “Daryo”
2025 yil yakuniga kelib, naqd pullar tarkibida 50 ming sömlik banknotlar uluşi 16,6 foizdan 18,2 foizga, 20 ming sömliklar 6,7 foizdan 7,1 foizga yetgan. Öz navbatida 10 ming sömlik mayda pullar uluşi 7 foizdan 5 foizga, 5 ming sömliklar 4,1 foizdan 3,7 foizga qisqargan, ikki ming sömliklar 0,7 foiz saqlangan, ming sömlik tangalar hissasi 0,6 foizdan 0,5 foizga pasaygan.
Foto: “Daryo”
Umumiy olganda, naqd pullar tarkibida kiçik nominaldagi banknot va tangalar uluşi 1,1 foizni, örta nominaldagi banknotlar 15,8 foizni hamda yirik nominaldagi banknotlar 83,1 foizni taşkil etgan.
Markaziy bank muomalada bölgan eski namunadagi banknotlarni bosqiçma-bosqiç qaytarib oliş va ularni yangilari bilan almaştiriş çoralarini ham körgan. Xususan, 2025-yilda eski namunadagi 5 ming sömlik banknotlar miqdori 2024-yildagi 25 foizdan 7 foizga, 10 ming sömliklar 24 foizdan 5 foizga, 50 ming sömliklar 25 foizdan 4 foizga, 100 ming sömliklar 18 foizdan 3 foizga qisqargan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: