Özbekistonda muomaladagi naqd pullar miqdori malum böldi
8-12-2025, 07:48
445 марта

Özbekistonda muomaladagi naqd pullar miqdori malum böldi
Özbekistonda muomalaga çiqarilgan naqd pullar miqdori sezilarli ortib boryapti. Bu haqda Markaziy bank elon qilgan statistik raqamlarda qayd etilgan.2025 yil 1 noyabr holatiga köra, Özbekistonda pul massasi 344,6 trln sömga yetdi. Taqqoslaş uçun, 2024 yil mos davridagi körsatkiç 265 trln söm bölgan. Bir yillik ösiş — 79,6 trln söm.
Ötgan oy boşida pul massasining milliy valyutadagi miqdori 282,3 trln sömni taşkil etgan. Bir yil avval bu körsatkiç 206,6 trln söm edi.
Mamlakatda muomaladagi naqd pullar jami miqdori 67,1 trln sömga yetdi. Bir yil ilgari (2024 yil 1 noyabr) mazkur körsatkiç 54 trln söm bölgan. Yillik ösiş — 13,1 trln söm.
2020-2023-yillar noyabr oylari boşida muomalada bölgan naqd pullar miqdori quyidagiça:
- 2020 yil — 27,2 trln söm;
- 2021 yil — 29,5 trln söm;
- 2022 yil — 43,8 trln söm;
- 2023 yil — 48,1 trln söm.